Korxonada ishlab chiqarish tadbirkorlik sohasidagi faoliyati


Download 0.7 Mb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1239631
  1   2   3
Bog'liq
Korxonada ishlab chiqarish tadbirkorlik sohasidagi faoliyati

Korxonada ishlab chiqarish tadbirkorlik sohasidagi faoliyati


Mamatazizova Maftuna
Mamadov Bayram

Korxonada ishlab chiqarish tadbirkorlik sohasidagi faoliyati

  • Tadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug’illanish mumkin. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, fuqaro (jismoniy shaxs)lar deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadhirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidir.

Fuqarolik kodeksiga muvofiq «o’z mulkida, xo'jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlami bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi». Ammo yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o’z faoliyalining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya'ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Korxonani turli belgilariga ko'ra tavsiflash mumkin:

  • • ishlab-chiqarish va texnikaviy munosabatlarda korxona, bu — ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, uiarni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar va mexanizrnlar tizimi;
  • • ijtimoiy munosabatlarda korxona, bu — turli toifadagi va vazifalarni bajaruvchi xodimlardan iborat mehnat jamoasi;
  • tashkiity-huquqiy munosabatlarda korxona yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritadi:
  • • moliyaviy-iqtisodiy munosabaitarda korxona, bu — tarmoqning mustaqil bo'g'ini sifatida o'zini o'zi moliyalashtiradigan va boshqaradigan bozor suhyekti.

Tadbirkor o'z g'oyasini amalga oshirishning tashkiliy tuzilmasi sifatida korxonani vujudga keltiradi. Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgach, mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor subyekti bo'lib, o'z nizomiga muvofiq muayyan ijtimoiy-iqtisodiy samara va foyda olish maqsadida o'ziga tegishli yoki xo'jalik boshqamvidagi mulkdan foydalanib faoliyat yuritadi.

  • Tadbirkor o'z g'oyasini amalga oshirishning tashkiliy tuzilmasi sifatida korxonani vujudga keltiradi. Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgach, mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor subyekti bo'lib, o'z nizomiga muvofiq muayyan ijtimoiy-iqtisodiy samara va foyda olish maqsadida o'ziga tegishli yoki xo'jalik boshqamvidagi mulkdan foydalanib faoliyat yuritadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling