Korxonalar to‘g‘risida
-modda. Korxonaning turlari
Download 42.6 Kb.
|
refarat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-modda. Korxonalarning xo‘jalik uyushmalari
2-modda. Korxonaning turlari
1. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga muvofiq quyidagi turdagi korxonalar ish olib borishi mumkin: jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar; shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari; xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar; davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat korxonalari, viloyatlararo, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar davlat korxonalari va boshqa turdagi korxonalar; aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub, to‘liq yoki hissabay yo‘sinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar; 2. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxona ishlovchilar soniga qarab kichik yoki o‘rta korxonalar jumlasiga kiritilishi mumkin, bunday korxonalarni barpo etish va ular faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, maqomi, ularni ro‘yxatga olish shartlari, shuningdek korxonalarni bu turga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi tomonidan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning respublika qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan holda tuzilgan boshqa turlari ham ish olib borishi mumkin. 3-modda. Korxonalarning xo‘jalik uyushmalari 1. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘z huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idoralarda, shuningdek xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni ifoda etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: ittifoqlarga, konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq prinsiplari, hududiy yoki boshqa prinsiplar asosida o‘zga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalarni barpo etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlarida belgilangan monopoliyaga qarshi talablar hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Ko‘ngilli xo‘jalik uyushmalari davlat ro‘yxatidan o‘tishi kerak va ularning faoliyati ushbu Qonun bilan tartibga solinadi. 2. Uyushma, birlashma uni ta’sis etuvchilar tasdiqlaydigan ustav asosida ish olib boradi. Uyushmalar tarkibiga kirgan korxonalar o‘z mustaqilliklarini, huquqiy shaxs huquqlarini saqlab qoladilar va ushbu Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi. 3. Uyushma, birlashma o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalar majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, korxonalar esa, ta’sis shartnomasi (ustavda) o‘zga holat ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, uyushma majburiyati yuzasidan javob bermaydi. 4. Uyushmaga kirgan korxonalar uyushma tarkibidagi korxonalar oldidagi majburiyatlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq saqlab qolgan holda uning tarkibidan chiqishga haqlidir. 5. Assotsiatsiya, birlashma uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning, sud yoki xo‘jalik sudining qaroriga binoan tugatiladi. Uyushma korxonani tugatish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda tugatiladi. Uyushma tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uyushmaning ustaviga muvofiq uning qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanadi. Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling