Korxonalar to‘g‘risida


Download 42.6 Kb.
bet14/17
Sana16.06.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1505705
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
refarat

33-modda. Hisob va hisobot
1. Korxona o‘z ishi natijalarining operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti olib boradi.
Davlat statistika hisobotining shakllarini davlat statistika idoralari, bunday hisobotlarni taqdim etish tartibini esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
2. Korxonaning mansabdor shaxslari davlat hisobotini buzib ko‘rsatganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qo‘yilgan intizomiy, ma’muriy, moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
34-modda. Korxonaning tijorat siri
1. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda e’lon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan davlat siri bo‘lmagan ma’lumotlar tushuniladi.
2. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Korxona faoliyatining turlarini (agar ular haqidagi ma’lumot tijorat siri bo‘la olmasa) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi korxonalar atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa salbiy faoliyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirishning oldini olish maqsadida belgilab qo‘yadi.
3. Korxonaning tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlarni e’lon qilganlik, bunday ma’lumotlarni saqlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
35-modda. Korxonaning mas’uliyati
1. Shartnoma majburiyatlarini, kredit hisob-kitob va soliq intizomini, mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarni, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilganidek to‘la mulkiy javobgar bo‘ladi.
2. Korxona yer va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish talablariga amal qilmaslik, uni ifloslantirish va boshqa zararli ta’sirlar oqibatida ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena normalarini hamda korxona xodimlarini, aholining va mahsulot iste’mol qiluvchilarning salomatligini himoya qilish talablarini buzganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorda jarima to‘lashi shart.
Tabiatdan foydalanish rejimini buzayotgan korxona faoliyati yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tugatilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling