Korxonalar to‘g‘risida


Download 42.6 Kb.
bet11/17
Sana16.06.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1505705
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
refarat

25-modda. Kapital qurilish
1. Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, respublika Hukumati ayrim hudud zonalari bo‘yicha belgilaydigan har xil ishlab chiqarish turlarini joylashtirish haqidagi normativ talablarga, qurilish normalari va qoidalariga, kvotalar va litsenziyalarga rioya etgan holda respublika hududida qurilish joyini tanlab olishda erkindir.
2. Korxona qurilish olib borish uchun har qanday sheriklarni tanlab olishda, pudratchi tashkilotlar konkursini tashkil etishda erkindir, zarur hollarda tegishli qonunlarga, tasdiqlab qo‘yilgan qurilish normalari va qoidalariga amal qilib, qidiruv ishlarini olib boradi, qurilish-montaj ishlarini loyihalash va bajarishni o‘zi amalga oshiradi.
3. Hamma hollarda qurilish loyihasi viloyat yoki respublika ekspert idoralari darajasida davlat ekspertizasidan o‘tkazilib, puxtaligi, chidamliligi, rasman tasdiqlangan xavfsizlik qoidalariga, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilganligi baholanadi.
26-modda. Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati
1. Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish huquqiga egadir.
2. Olingan valyuta korxonaning valyuta balansi hisobiga o‘tkaziladi va undan korxona mustaqil foydalanadi. Korxonaning valyuta tushumidan mazkur korxona o‘z valyuta mablag‘i hisobidan qilgan bevosita valyuta xarajatlari chegirib tashlanganidan so‘ng respublika budjetlariga va mahalliy budjetga valyuta ajratmalari o‘tkaziladi.
Respublika budjetlariga va mahalliy budjetlarga ajratmalar miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. Korxonaning valyuta mablag‘ini qonunlarda nazarda tutilganidan bo‘lak hollarda o‘zga yo‘l bilan tortib olish taqiqlanadi.

VI BO‘LIM. KORXONANING IJTIMOIY KAFOLATLARI
27-modda. Korxonaning ijtimoiy faoliyati
1. Ijtimoiy taraqqiyot masalalari, shu jumladan mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish vaqtining uzunligi masalalari, mehnat jamoasi a’zolari va ular oilalarining dam olish, turmush sharoitlarini va sihat-salomatligini yaxshilash masalalari, korxonaning iste’mol fondi hisobidan amalga oshiriladigan majburiy tibbiy sug‘urta kafolatlari masalalari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat jamoasi tomonidan korxonalar ma’muriyati ishtirokida hal qilinadi.
Korxona amaldagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga hamda aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondiga pul o‘tkazishi shart.
2. Korxona bu erda ishlovchi barcha xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga majbur bo‘lib, ularning salomatligiga va mehnat qobiliyatiga yetkazilgan zarar uchun qonunlarda belgilab qo‘yilgan tartibda javobgar bo‘ladi.
3. Pensiyaga chiqqunga qadar korxonada mehnat qilgan pensionerlar tibbiy xizmat, uy-joy bilan ta’minlanish, sog‘lomlashtirish va profilaktika muassasalariga yo‘llanmalar olish borasida korxonadagi mavjud imkoniyatlardan, shuningdek jamoaning umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) qaroriga muvofiq boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlardan uning xodimlari bilan baravar foydalanadilar.
4. Korxona xotin-qizlarining mehnat va turmush sharoitini muntazam yaxshilashga, yosh bolali ayollarni ish kuni qisqartirilgan asosan kunduzgi ish bilan ta’minlashga, homilador ayollarni mehnat sharoiti zararsiz yengilroq ishga o‘tkazishga, shuningdek, ayollarga qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa imtiyozlarni berishga majburdir. Mehnat sharoiti zararli bo‘lgan korxona mehnat jamoasining roziligi bilan xotin-qizlarga yengilroq ish berish uchun sexlar, uchastkalar barpo etishi mumkin.
5. Korxona mehnat jamoasiga xizmat qiladigan va uning tarkibiga kirmaydigan tibbiy muassasalar xodimlarini, bolalar, madaniy-ma’rifiy, sog‘lomlashtirish, o‘quv va sport muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirishi mumkin.
6. Fuqarolarning, xalq deputatlarining korxonaga iltimoslari va murojaatlariga doir masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish faqat korxona ma’muriyatining vazifasi bo‘lib, bu ish fuqarolarning o‘z zimmasiga yuklab qo‘yilishi mumkin emas.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling