Korxonalar to‘g‘risida
-modda. Ulgurji savdo, ishlab chiqarishni ta’minlash va mahsulotni sotish
Download 42.6 Kb.
|
refarat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23-modda. Narx-navo va narx belgilash
- 24-modda. Moliya va kredit munosabatlari
22-modda. Ulgurji savdo, ishlab chiqarishni ta’minlash va mahsulotni sotish
1. Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navoning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi. 2. Bozorga o‘tish davrida davlat ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulot yetkazib berayotgan korxonalarni davlat shu ishlarni bajarish va mahsulotni yetkazib borish uchun moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlaydi. 23-modda. Narx-navo va narx belgilash Korxona o‘z mahsulotini, ishlarini, xizmatlarini, ishlab chiqarish chiqitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflarda sotadi. Korxona bozorda yakkahokimlik mavqeyini egallagan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlarni tartibga soladi. 24-modda. Moliya va kredit munosabatlari 1. Foyda (daromad), amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi a’zolarining, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarning pay va o‘zga badallari, shuningdek, boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manbalardir. 2. Korxona tijorat shartnomasi asosida bank kreditidan, boshqa korxonalarning kreditlaridan foydalanadi. 3. Korxonalar o‘z hisob-kitob va kassa xizmati uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bitta yoki bir nechta bankda milliy va chet el valyutalarida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli. 4. Budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar, ish haqi berish, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlarni qondirish, shuningdek bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga pul mablag‘larini hisobdan chiqarish fuqarolik qonun hujjatlari bo‘yicha hisob-kitoblarning qolgan turlari korxona tomonidan kalendar tartibda amalga oshiriladi. 5. Korxona xaridor (iste’molchi) ga qarzga olingan mablag‘ uchun foyda to‘lash tartibida qarzga mahsulot yetkazib berishi, ishni bajarishi va xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday savdo bitimlarini rasmiylashtirish uchun korxona xo‘jalik oborotida vekselni qo‘llashi mumkin. Korxona foiz to‘lash sharti bilan boshqa korxonalarga yoki banklarga kredit berishi mumkin. 6. Korxona kredit shartnomalari va hisob-kitob intizomiga rioya etilishi uchun to‘la javobgardir. Hisob-kitob qilish yuzasidan o‘z majburiyatlarini muntazam bajarmaydigan korxona bank tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilinishi mumkin. Bunday korxonalarga ta’sir o‘tkazish choralari va ularni qo‘llash tartibi banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling