Korxonalar to‘g‘risida


-modda. Korxonaning rahbari


Download 42.6 Kb.
bet8/17
Sana16.06.2023
Hajmi42.6 Kb.
#1505705
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
refarat

16-modda. Korxonaning rahbari
1. Korxona rahbari lavozimiga yollash (tayinlash, saylash) chog‘ida nomzod shaxs bilan bitim (shartnoma, kelishuv) tuziladi, unda korxona rahbarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati, uning moddiy ta’minoti hamda egallab turgan lavozimidan bo‘shatish shartlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan kafolatlarni hisobga olgan holda belgilab qo‘yiladi.
2. Korxona rahbari korxona faoliyati bilan bog‘liq masalalarni mustaqil hal qiladi, ushbu Qonunda mehnat jamoasi va korxona kengashi umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)ning mutlaq vakolatiga topshirilgan masalalar bundan mustasno, korxona nomidan ishonch qog‘ozisiz ish olib boradi, respublikadagi va boshqa davlatlardagi barcha korxonalarda, firmalar va tashkilotlarda shu korxona manfaatlarini himoya qiladi, korxona mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, ishonch qog‘ozlari beradi, banklarda hisob raqamlari va boshqa raqamlar ochadi, mablag‘larni tasarruf etish huquqidan foydalanadi, ma’muriyatning ijroiya apparati shtatlarini tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
3. Korxona rahbari o‘z o‘rinbosarlarini, boshqaruv apparati rahbarlarini va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini mustaqil tayinlaydi va ishdan ozod qiladi.
4. Korxona rahbari shartnomada yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan asoslarga muvofiq shartnoma muddati tugamay turib, egallab turgan lavozimidan bo‘shatilishi mumkin.
17-modda. Korxona kengashi (boshqaruvi)
1. Korxona kengashi (boshqaruvi) mulkdor korxonani boshqarish sohasidagi o‘z vakolatlarini kengashga topshirgan taqdirda tuziladi.
Korxona kengashi (boshqaruvi)da, korxona ustavida o‘zga hollar ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, korxona mol-mulkining egasi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish huquqi subyekti tomonidan tayinlanadigan va shu korxona mehnat jamoasi tomonidan saylab qo‘yiladigan vakillar soni baravar bo‘ladi.
2. Korxona kengashi (boshqaruvi)ning huquq va burchlari korxona mol-mulkining egasi yoki u vakolat bergan idoralar tasdiqlaydigan Kengash (boshqaruv) to‘g‘risidagi nizom bilan belgilab qo‘yiladi.

Download 42.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling