Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, ularni rejalashtirish va moliyalashtirish


Download 55.84 Kb.
bet2/6
Sana25.04.2023
Hajmi55.84 Kb.
#1397131
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma`ruza №7

Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq bo’lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Korxonalarning sotish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
- tovarlarni temir yo’l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to’langan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari ishlari xarajatlari (mehnatga haq to’lash xarajatlari; ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar; savdo reklamasi xarajatlari; tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni navlarga ajratish xarajatlari; tashish, saqlash va sotish chog`ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo’qotilishi; o’rash-joylash materiallari xarajatlari; mol-mulkni majburiy sug`urta qilish xarajatlari va boshqalar);
- sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);
- yuqorida sanab o’tilmagan sotish bo’yicha boshqa xarajatlar.


Boshqaruv (ma’muriy) xarajatlar
Korxonalarda boshqaruv xarajatlariga quyidagilar kiradi:
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar;
- xizmat engil avtotransportiga va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari;
- korxonani va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari;
-boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizastiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- ijara, xizmatlar ko’rsatilganligi uchun aloqa uzellariga haq to’lash (ATS, uyali, yo’ldosh, peyjing aloqa);
- shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha haq to’lash;
- ma’muriy - boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to’lash;
- ma’muriy faoliyatga ega bo’lgan asosiy fondlarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish (amortizastiya) xarajatlari;
-yuqori tashkilotlar va yuridik shaxs maqomiga ega birlashmalar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsternlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar;
-xodimlarni va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq bo’lmagan mol-mulkni majburiy sug`urta qilish;
-boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo’yia belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar;
-belgilangan normalar doirasida va undan ortiqa miqdordagi xarajatlar;
-umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to’lash xarajatlari;
-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo’lgan jamg`armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog`liq joriy xarajatlar, shu jumladan yo’l qo’yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to’lovlar.


Umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa
operastiya xarajatlari
Korxonalarning boshqa operastiya xarajatlari quyidagilardan iborat:
- kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari (yangi tashkil etilayotgan korxonada ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno);
- loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek, ob’yekt qoshidgi omborgacha transportda tashish chog`idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o’xshash boshqa xarajatlar yetkazib beruvchi va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko’rish uchun javobgar bo’lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa korxonalar hisobiga undirilishi mumkin bo’lmagan darajada amalga oshiriladi;
- maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash, shu jumladan korxona mulkdorlaridan birining tashabbusi bo’yicha o’tkazalidagan auditorlik xizmatlariga haq to’lash;
- o’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarni saqlashdan ko’rilgan zararlar;
- salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog`liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari;
- korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog`liq bo’lmagan ishlar va xizmatlarni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo’jaligiga yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari;
- kompensastiya va rag`batlantirish tusidagi to’lovlar (vaqtincha mehnat layoqatini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo’shimcha haq va boshqalar);
- ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar (qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqani to’lash bo’yicha xarajatlar; pensiyaga ustamalar; pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar; xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam);
- sog`liqni saqlash ob’yektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog`lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’yektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek, uy-joy fondi ob’yektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o’tkazishga amortizastiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo’shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ko’proq xarajatlar;
- vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalardan qoplanadigan xarajatlardan tashqari);
- bank va depozitariy xizmatlariga to’lovlar;
- ekologiya, sog`lomlashtrish va boshqa xayriya jamg`armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sog`liљni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar;
- byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig`imlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq to’lanadign va korxona xarajatlariga qo’shiladigan maxsus byudjetdan tashqari jamg`armalarga ajratmalar;
- zararlar, jarimalar, penyalar (bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha yo’qotishlar; moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolishi normalari doirasidagi va normalardan ko’proq, bevostita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lmagan yo’qotishlar hamda kamomadlar; sud xarajatlari; to’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zahiraga ajratmalar va boshqalar);
- boshqa operastiya xarajatlari.


Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar
Korxonalarning moliyaviy faoliyati bilan bog`liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- Respublika Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari;
- chet el valyutasi bilan operastiyalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar;
- sarflangan (qimmatli qog`ozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag`larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar;
- o’z qimmatli qog`ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog`liq xarajatlar;
- moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.


Favqulodda zararlar
Favqulodda zararlar - bu korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operastiyalar natijasida paydo bo’ladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr moddalari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilshi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
- korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos bo’lmasligi kerak;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi lozim;
-boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog`liq bo’lmasligi kerak.
Tegishli moddalarni favqulodda zararlarga kiritish yoki kiritilmaslik to’g`risida qarorlar qabul qilishda korxona faoliyat yuritayotgan sharoit ham hisobga olinadi. Masalan, korxona alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo’lsa va uning shu iљqlim sharoitiga bog`liq holda ishlamay turib qolishlari favqulodda holat deb baholanmaydi. Chunki ushbu holat “bir necha yil mobanida takrorlanmasligi kerak” degan mezonga javob bermaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi sharoitda korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishi va uni sotishi biln bog`liq xarajatlari o’sish tendenstiyasiga ega. Bunga xom ashyo, materiallar, yonilg`i, energiya va uskunalarning qimmatlashishi, kreditdan foydalanish uchun foizlr stavkasining o’sishi, transport xizmatlari tariflarining ko’tarilishi, reklama xarajatlarining ko’payishi sabab bo’lmoqda.


Download 55.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling