Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, ularni rejalashtirish va moliyalashtirish


KORXONALARDA FOYDA VA RENTABELLIK


Download 55.84 Kb.
bet5/6
Sana25.04.2023
Hajmi55.84 Kb.
#1397131
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma`ruza №7

KORXONALARDA FOYDA VA RENTABELLIK.
Reja:
14.1. Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko’paytirish yo’llari.
14.2. Rentabellikning mohiyati va ko’rsatkichlari.


14.1. Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko’paytirish yo’llari.
Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo’lib, har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida foydamoddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiradi. Foydaning asosiy qismiga korxonalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish orqali ega bo’ladilar. Zamonaviy xo’jalik yuritish sharoitlarida foydaning asosiy vazifasi korxona faoliyati samaradorligini aks ettirishda deb belgilanadi. Bunga foyda miqdori, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan mahsulot tannarxi shaklidagi individual xarajatlar, mahsulot bahosi shaklidagi ijtimoiy zaruriy xarajatlarni o’z ichiga olishi lozimligini sabab qilib ko’rsatish mumkin. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida korxonalar faoliyati foydaning rag’batlantiruvchi ahamiyatining ortishi bilan bog’liq. Foydadan baholashning asosiy ko’rsatkichi sifatida foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining ortishi, sifatning yaxshilanishi, mavjud ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish unumining ortishi bilan asoslanadi. Shu bilan birga foydaning ahamiyati ortishiga amaldagi foydani taqsimlash tizimi ham sabab bo’ladi va unga ko’ra esa, korxonalarning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun hamda xodimlarni bajargan mehnati sifati va miqdoriga asosan moddiy rag’batlantirishga sarflanuvchi foydani oshirishga bo’lgan qiziqishning ortishi kuzatiladi. Shu tariqa foyda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlarning o’z korxonasi erishadigan yuqori natijalardan moddiy manfaatdorligini kuchaytirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Korxonada foyda turli xil faoliyat natijasida olinishi mumkin. Barcha foydalar yig’indisi korxonaning yalpi foydasini tashkil qiladi. Yalpi foydaning tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:

  • bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat va mahsulot sotishdan olingan foyda;

  • asosiy fondlar, shuningdek, korxonaning boshqa mulki sotishdan olingan foyda;

  • korxonaning moliyaviy faoliyati orqali olinuvchi foyda.

Korxona daromadi ikki ko’rsatkich, ya’ni mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanuvchi xarajatlarga bog’liq bo’ladi. Mahsulotning bozordagi bahosi talab va taklif munosabatlari natijasida kelib chiqadi. Erkin raqobat sharoitlarida bahoni shakllantirish qonunlari asosida mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishiga ko’ra emas, balki avtomatik ravishda tartibga solinadi.
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi. Korxonaning foyda olishi daromadlarning korxona faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardan ko’p bo’lishini anglatadi hamda u rag’batlantirish vazifalarini ham bajaradi. Bu esa foyda bir paytning o’zida moliyaviy natija bo’lish bilan birga korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi ekanligi; daromadning turli darajadagi byudjet shakllanishi uchun asosiy manba bo’lib xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar:
birinchi manba korxonaning mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarishdagi monopoliya holati yoki mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning saqlanishi mahsulotni doimiy ravishda yangilab borishni ko’zda tutadi;
ikkinchi manba ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq. Undan foydalanish samaradorligi bozor kon’yunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o’zgarib turuvchi bozor kon’yunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha yo’nalishini to’g’ri tanlash (doimiy ravishda talab darajasi yuqori bo’lgan mahsulotni tanlash); mahsulotlarini sotish va xizmat ko’rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish (baho, yetkazib berish muddati, xaridorlarga xizmat ko’rsatish, sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish va hokazo); ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo’lsa, daromad miqdori shunchalik ko’p bo’ladi); ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan bog’liq bo’ladi;
uchinchi manba korxonaning innovasion faoliyatidan kelib chiqadi. Undan foydalanish doimiy ravishda texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, uning raqobatbardoshligini ta’minlash, mahsulot sotish hajmi va foyda miqdorini oshirishni anglatadi.
Korxonaning balans foydasi foydani taqsimlash ob`yektidir. Foydani taqsimlash deganda uning bir qismini byudjetga jo’natish tushuniladi. Qonunchilikka asosan foydaning soliq va boshqa majburiy to’lovlar shaklida byudjetga kelib tushuvchi qismi tartibgi solinadi. Korxona ixtiyorida qoluvchi daromad qismi, undan foydalanish yo’nalishlari korxona zimmasida bo’ladi.
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi davlat va korxona o’rtasida xo’jalik sub`yekti sifatida taqsimlanadi;

  • foydaning davlatga to’lanuvchi bir qismi soliq va yig’imlar ko’rinishida byudjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga to’lanuvchi boshqa to’lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;

  • soliqlar to’langandan so’ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim.

Korxonada foydani taqsimlash va undan foydalanish tartibi uning Nizomida belgilab qo’yiladi hamda vakolatli iqtisodiy xizmat xodimlari tomonidan tayyorlanib, korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanuvchi qoidalar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi. Ichki omillar, bu - korxonada zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish, xo’jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menedjmentning mas’uliyati, mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasidir. Korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar qatoriga esa, bozor kon’yunkturasi, iste’mol qilinuvchi moddiy-texnik resurslarning bahosi, amortizasiya normasi, soliq tizimi kabilar kiradi.
Korxonada foydani oshirishning asosiy yo’llari. Har bir korxonada foydani oshirish bo’yicha rejali chora-tadbirlar ko’zda tutilishi kerak. Umuman olganda, bunday chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;

  • ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish;

  • moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi va ish vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish;

  • ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish;

  • mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar.

Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lsada, uning samaradorligini to’la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun natijalarni (foydani) xarajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim.



Download 55.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling