Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, ularni rejalashtirish va moliyalashtirish
Korxona xarajatlarini moliyalashtirish
Download 55.84 Kb.
|
Ma`ruza №7
13.3. Korxona xarajatlarini moliyalashtirish.
Korxona faoliyatining moliyaviy natijalari quyidagi foyda ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi: Mahsulotni sotishdan olinuvchi yalpi foyda, mahsulot sotishdan kelib tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi: YAF= SST-IT, bu yerda: YAF–yalpi foyda; SST–sotishdan kelib tushuvchi sof tushum; IT–sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda - mahsulot sotishdan olinuvchi yalpi foyda bilan vaqt xarajatlari o‘rtasidagi farqga boshqa daromadlar qo‘shiladi va asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari (zarar) ayiriladi: AFF = YAF - DX Q BD - BZ, bu yerda: AFF –asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX – davr xarajatlari; BD – asosiy faoliyatning boshqa daromadlari; BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar; Umumxo‘jalik faoliyati natijasidan foyda (yoki zarar), quyidagicha hisoblanadi: asosiy faoliyatdan olinuvchi foyda miqdoriga moliyaviy faoliyat daromadlari qo‘shiladi va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar ayiriladi. UF = AFF Q MD - MX, bu yerda: UF- umumxo‘jalik faoliyati natijasidagi foyda; MD – moliyaviy faoliyat daromadlari; MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari; Soliq to‘lanmasdan oldingi foyda - umumxo‘jalik faoliyatidan olinuvchi foydaga favqulodda foyda qo‘shiladi va favqulodda xarajatlar (zarar)ayiriladi. STF = UF Q FP - FZ, bu yerda: STF - soliq to‘lanmasdan oldingi foyda; FP - favqulodda vaziyatlarda olingan foyda; FZ - favqulodda vaziyatlarda ko‘rilgan zarar; Yillik sof foyda, soliqlar to‘langandan so‘ng xo‘jalik sub’yekti tasarrufida qoladi, soliq to‘lanmasdan oldingi foydadan daromad (foyda) solig‘i hamda qonunchilikda belgilangan boshqa soliq va majburiy to‘lovlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan topiladi: SF = STF - DS - BS, bu yerda: SF – sof foyda; DS – daromad (foyda) solig‘i; BS – boshqa soliq va to‘lovlar. Download 55.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling