Korxonaning investitsion faoliyati 3-1 bbkt-20 talabasi
Download 14.63 Kb.
|
Korxonaning investitsion faoliyati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy investitsiyalar
- Investitsiyalar
Kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o’stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo’yilmalar maqsadli xarakterga ega bo’ladi hamda xodimlarga mukofot to’lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas. Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog’ozlar, aktsiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag’larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo’yish bilan ifodalanadi. Real investitsiyalar pul mablag’larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo’jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi.
Investitsiya loyihasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va boshqa sifat ko’rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasidir. Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:investitsiyaviy g’oya(fikr)ni shakllantirish; g’oyaning dastlabki asoslanishi; loyihada ko’zda tutilgan texnik qarorning tahlili; sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish; investitsiya loyihasi bo’yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish; axborot memorandumini tayyorlash. Yuqorida ko’rsatilganlarni amalga oshirgandan so’ng loyihani ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion mo’ljallarning maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiha-smeta hujjatlarigacha) zarurati tug’iladi. Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash haqida ketganda, investitsion jarayonlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni zamon va makonda bog’laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha tarkibiy qismlari mavjud: loyihalashtirishdan avvalgi asoslash, loyihalashtirish, bevosita ob’ekt qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi. Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so’nggi bosqichi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan o’tkazilib, amaldagi va loyiha ko’rsatkichlari baholanadi hamda investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan chetga og’ish va kamchiliklar aniqlanadi.Yuqorida ko’rsatilganlarni amalga oshirgandan so’ng loyihani ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion mo’ljallarning maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiha-smeta hujjatlarigacha) zarurati tug’iladi. Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash haqida ketganda, investitsion jarayonlar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni zamon va makonda bog’laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha tarkibiy qismlari mavjud: loyihalashtirishdan avvalgi asoslash, loyihalashtirish, bevosita ob’ekt qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi. Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so’nggi bosqichi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan o’tkazilib, amaldagi va loyiha ko’rsatkichlari baholanadi hamda investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan chetga og’ish va kamchiliklar aniqlanadi. Download 14.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling