Korxonaning investitsion faoliyatini samaradorligini oshirish yo‘llari. Reja


Download 405.5 Kb.
bet2/5
Sana16.03.2023
Hajmi405.5 Kb.
#1279098
1   2   3   4   5
Bog'liq
SI

Investor - o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyektlari hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi quyidagilarga haqli:

  • tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bo‘lish;

  • investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish;

  • agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investor oldidagi o‘z majburiyatini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etish;

  • agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni mustaqil ravishda tasarruf etish.

Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:

Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda litsenziya olishi shart.
Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.



  1. Investitsiyalarning turlari

Tadbirkorlik faoliyatining obyektlariga investitsiyalar turli xil shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Hisob, tahlil, rejalashtirish va nazorat uchun ular alohida belgilari bo‘yicha turkumlanadi. Pul mablag‘lari qo‘yilmasi obyektlari bo‘yicha real va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linadi.



Download 405.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling