Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar
Bozordagi vaziyat tez-tez o’ztarib turadi, chunki bozorda ishlayotgan kompaniyalar bozorga kirib kelayotgan yangi Korxonalarni o’z siyosatini o’zgartirishga majbur qiladi. Bozorda eng ko’p ta’sir qiladigan kuchlar raqobatni 47 xarakatlantiruvchi kuchlar deb ataladi. Bu kuchlarni tahlil qilish 2 bosqichdan iborat19: 1. Xarakatlantiruvchi kuchlarni aniqlash. 2. Ushbu kuchlar ta’sirini aniqlash. Bozorda eng ko’p uchraydigan xarakatlantiruvchi kuchlar quyidagilardan iborat: Iqtisodiy o’sishning o’zoq muddatli tendentsiyalaridagi o’zgarish: Istemolchilar tarkibi va tovarlardan foydalanish usullarining o’zgarishi:
Yangi mahsulotlarni joriy qilish:
Texnologik o’zgarishlar:
Marketing tizimidagi o’zgarishlar:
Yirik Korxonalarning bozorga kirishi yoki chiqishi:
NOU XAU ni tarqalishi:
Tarmoqlar globallashuvining o’sishi:
Unumdorlik va xarajatlar tarkibining o’zgarishi:
Xaridorlar moyilligining tabaqalangan tovarlardan standart tovarlarga o’tishi
Davlat qonunchiligi va siyosatidagi o’zgarishlarning ta’siri
Ijobiy qadriyatlar, moyilliklar va turmush tarzining o’zgarishi:
Noaniqlik va tavakkalchilik omillari ta’sirining kamayishi:
Raqiblarning maqsadlari va strategiyalarini turkumlash
Turtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim ko’rsatishidir. Bu bosim natijasida yetkazib beruvchilar narxlarni ko’tarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni yetkazib berilayotgan mahsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga bo’lgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini tuliq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim. Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra quyidagilarga bo’lanadi: 1. SHavqatsiz raqobat 2. Intensiv raqobat 3. Meyordagi raqobat 4. Jalb qiluvchi zaif raqobat Bozorga yangi kirib kelgan orxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday Korxonalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |