Raqobat ustunligini shakllantirish strategiyasi =
Korxonaning raqobat ustunligi quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi:
Korxona muhitiga bog’liqligiga ko’ra:
– ichki raqobat ustunligi (mahsulot tannarxini pasaytirish bilan bog‘liq bo‘lib, mahsuldorlik, rentabellik, mehnat unumdorligi, ixtisoslashuv, ishlab chiqarish ko‘lami, joriy samaradorlik kabilar omillarda namoyon bo‘ladi);.
– tashqi raqobat ustunligi (iste‘molchilar uchun muhim qimmatdorlik yaratish, korxonaning bozor potensialini oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, yuqori narx orqali sotishni amalga oshiradi. Tashqi raqobat ustunligi omillariga marketing uslublari, samarali sotish kanallarini tashkil qilish, iste‘molchilartalabini to‘g‘ri prognoz qila olish, iste‘molchilar xulq-atvorini bilish kabilar kiradi).
Marketingni zamonaviy turlari
Zamonaviy marketing bu korxonaning yuqori foyda olish maqsadida xaridorlarning real so’rovlari va bozorni kompleks o’rganish asosida xizmat ko’rsatish, tovar ishlab chiqarish va sotish faoliyatini tashkil etish tizimidir. Aytish mumkinki, biznes-rejaning barcha bo’limlarini shakllantirish marketingning ulkan salohiyatidan to’liq va keng miqyosda foydalangan holda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishga asoslanadi.
Kross savdo va undan foydalanish
Bu o‘zaro savdo mexanizmining nomi, bunda sotuvchi xaridorni birgina xaridning o‘zi bilan qo‘yib yubormaydi, balki unga qo‘shimcha mahsulotlarni tavsiya qiladi. Smartfon xarid qilayotganimizda, unga qo‘shimcha ravishda himoya oynasi, xotira kartasi va boshqa mahsulotlarni sotib olish taklif etiladi.Kross-sotuvdan nafaqat chakana yoki offlayn yo‘nalishida foydalanish mumkin. Bunday tavsiyalar onlayn-do‘konlarda "Ushbu mahsulot bilan birga sotib olishadi" bloklari yordamida yoki xizmat ko‘rsatish segmentida, masalan, tozalash xizmatlarida, muntazam tozalashdan tashqari, quruq tozalash (ximchistka) va kir yuvish xizmatlari taklif etiladi.
Ushbu yondashuv sizning o‘rtacha xarid chekingizni tezda oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |