Koson kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji


Mavzu:Linux operatsion sistemasini o’rnatish va sozlash. Reja


Download 0.5 Mb.
bet26/29
Sana04.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#170553
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
OS maruza

Mavzu:Linux operatsion sistemasini o’rnatish va sozlash.

Reja

1). Linux operatsion sistemasi haqida tushunch1).

2). Linux operatsion sistemasini o’rnatish.

3). Linux operatsion sistemasini sozlash.

LINUX – bu operatsion tizim.Aynan u elektron komponentlarning ishlashini ta`minlaydi. Masalan, monitorda ko`rinib turgan ma`lumotlarni tahrirlash, pechat qilish, bir qancha dasturiy ta`minotlarni ishga tushirish va boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi. LINUX OT muloqotning ikki usulini qo`llaydi.

GUI (Graphical User Interface - foydalanuvchi grafik interfeysi). Bu usulda siz kerakli amallarni sichqoncha yordamida bajariladi. Masalan, fayllarni ochish uchun sichqonchani 2 marta bosish orqali. WINDOWS tizimida ishlaganlar bu muhit bilan yaqindan tanishganlar.

CLI (Command Line Interface – buyruq komandasi paneli). Bunda ma`lum bir amallarni bajarish uchun maxsus xizmatchi so`zlarni klaviatura orqali kiritiladi. UNIX da va DOS (Disk Operation System) foydalanuvchilari bu muhit bilan tanish.

Kompyuter ishlash jarayonida ma`lumotlar qabul qilinib, yadroga yuboriladi va yadro bu buyruqlarni, masalan, ma`lumotlarni diskka yozish, pechatga oqimlarni yuborish, tarmoq va internetda ishlashni amalga oshiradi.

LINUX da foydalanuvchi grafik tizimi

Foydalanuvchi grafik tizimi sichqoncha bilan tanlash mumkin bo`lgan elementlardan tashkil topgan. Ko`pgina komponentlar oynalardan tashkil topadi. Foydalanuvchi oyna o`lchovini o`zgartirishi, o`chirishi yoki yangi oyna ochishi mumkin. Bir vaqtda bir qancha oynalar ochilib, ularning har birida turli hil amallarni bajarish mumkin.

Ish stoli WINDOWS foydalanuvchilariga tanish ko`rinishga ega. Dastlab u bo`sh bo`lib, foydalanuvchi o`ziga kerakli komponentlarni ish stoliga qo`yishi va ulardan foydalanishi mumkin. Ish stolida bir necha oynalarni birgalikda ochib, ulardan foydalanish mumkin. Ish jarayonida ish stolidagi soatdan, kalkulyatordan, znachoklardan va boshqa bir qancha uskunalardan foydalanish mumkin. Bunda foydalanuvchi o`ziga keraklicha oynalarddan foydalanishi mumkin.

LINUX OT 2 taniqli ish stolidan foyddalanadi:



  • GNOME (GNU Network Object Model Environment – GNU tarmoq ob`yektli muhiti) – bu ochiq kodli dasturiy ta`minot bo`lib, GNU proyektining bir qismi hisoblanadi. Uning eng birinchi nusxasi GNOME 1.0 1999 martida ishga tushirilgan edi.

  • KDE (K Desktop Environment Corel firmasining foydalanuvchi grafik muhiti) – bu erkin tarqaluvchi ochiq kodli dasturiy ta`minot bo`lib, uning birinchi nusxasi KDE 1.0 1998 yilning iyul oyida ishga tushirilgan.

Bu ikki ish stoli bir-biri bilan raqobatda bo`lishiga qaramay o`xshash tomonlarga ega. Ular quyidagilar:

  • Maxsus belgilarga ega ishchi qatlam.

  • Ustiga sichqoncha bosilganda ishga tushadogan znachoklarga ega ostkki panel.

  • Pochta xizmati, obozrevatellar, tahrirlagichlar kabi bir qancha dasturlar.

  • Dasturlarni ishga tushirish uchun xizmat qiladigan start paneli. Huddi WINDOWS dagidek.

  • Virtual ish stollari. Bunda bir qancha ish stollari mavjud bo`lishi mumkin. Masalan, bir ish stolida o`z panellari, znachoklari, dasturiy ta`minot va o`zingiz yaratayotgan dastur bo`lsa, ikkinchi bir ish stolida ham panellar, znachoklar va boshqa yaratayotgan dastur bo`lishi mumkin. Bir virtual ish stolidan boshqa biriga o`tish mumkin. Va bir vaqtning o`zida bir necha virtual ish stoliga ega bo`lish mumkin.

  • Uskunalar moslanuvchanligi, ya`ni o`z ish stolingizni moslab olish, ko`rinishini o`zingizga mos qilib tanlash imkonini beradigan xizmatlar.

  • Sistemani boshqarish va moslash imkonini beradigan uskunalar.

GNOME va KDE ish stollari asosan dastlabki qo`yiladigan boshqaruv utilitalari, ish stolini moslash uskunalari, dasturlarni ishlatish uskunalari bilan farq qiladi.masalan, ikkala ish stoli fayllarni tahrirlovchi dassturlarga ega, lekin boshqa boshqa. KDE da tekstni tahrirlash uchun KWORD dan foydalanilsa, GNOME da AbiWord dan foydalaniladi, lekin ikkala dastur ham Open Office ofis paketi tomonidan qo`yilgan.

Qariyb hamma LINUX o`rnatuvchilari GNOME yoki KDE dan foydalanadi. Ba`zilar esa har ikkalasini o`rnatib, foydalanuvchidan qaysi birini tanlashi haqida so`raydi. Ikkalassini ham o`rnatib ko`rish mumkin va qaysi birini tanlash har bir foydalanuvchining o`z didiga bog`liq.

Ba`zi dasturiy ta`minotlar ish stollaridan biriga moslashgan bo`ladi va ikkinchi bir ish stolida ishlatila olinmaydi. Bosshqa dasturlar esa har ikkala ish stolida ham ishlayveradi. Bunga misol qilib GIMP dasturini olishimiz mumkin. Agar kompyuterda har ikkala ish stoli o`rnatilgan bo`lsa, barcha paketlar birgalikda ish stoli tomonidan foydalaniladi. Masalan, GNOME ish stolida o`rnatilgan dastur KDE ish stolida ham ishlaydi, ya`ni KDE bosh menyusida ham o`sha dastur mavjud bo`ladi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling