O‘ZBEKISTON ERISHAYOTGAN YUTUQ VA MARRALAR DUNYO HAMJAMIYATI TOMONIDAN KENG E’TIROF ETILMOQDA
Britaniyaning nufuzli “Ekonomist” jurnali o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, o‘tgan yili poytaxtimiz obodligi va qulayligi bo‘yicha dunyoning 140 ta shahri ichida 58-o‘rinni egalladi va jahon klassifikatsiyasida yashash uchun eng qulay sharoitlarga ega shaharlar safidan o‘rin oldi. Bir oz oldinroq MDHdagi shaharlar ichida faqat Samarqand Amerikaning “The Huffington Post” nashrida e’lon qilingan “albatta borib ko‘rish lozim bo‘lgan dunyoning 50 shahari” ro‘yxatiga kiritilgandi. Ayni paytning o‘zida Amerikaning “Gallup” tadqiqot kompaniyasi tuzgan “yaxshi kayfiyat indeksi” bo‘yicha Vatanimiz 136 mamlakat ichida 29-o‘rinni egallagandi. Bu ro‘yxatda mamlakatimiz nafaqat Hamdo‘stlikdagi barcha qo‘shnilarni, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarni ham ortda qoldirdi. Yangilangan “World Happiness Index” (“Jahon baxtiyorlik indeksi”) reytingida O‘zbekiston 44-o‘ringa ko‘tarilib, bu borada MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari orasida yetakchiga aylandi. Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan BMT ko‘magida o‘tkazilgan tadqiqotda aholi farovonligi, hayot davomiyligi, ishsizlik darajasi, inson huquqlari va boshqa ko‘plab mezonlarga yuqori baho berildi
|
XALQIMIZGA XOS
FAZILATLAR
|
|
|
Biz mustaqillik yillarida qanday og‘ir va mashaqqatli sinovlardan o‘tib, misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishgan bo‘lsak, ularning barchasi zamirida faqatgina xalqimizning fidoyi mehnati,chidamliligi,olijanobligi va bag‘rikengligi,matonati va jasorati,ertangi kunga mustahkam ishonchi mujassam ekanini teran anglashimz zarur
|
Do'stlaringiz bilan baham: |