Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari


Kran elektr jihozlarining alohida xususiyatlari va ularning ish tartiblari


Download 0.82 Mb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1536001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari

Kran elektr jihozlarining alohida xususiyatlari va ularning ish tartiblari. Kranlarda yuklanish katta diapazonda o‘zgarib turadi. Ko‘tarish mexanizmlarida nominal qiymatga nisbatan 0,12 dan 1 gacha harakatlanuvchi mexanizmlarda 0,5 dan 1,0 gacha. Bundan tashqari kranlarning alohida xususiyati ularning qisqa qaytariluvchi rejimda ishlashidir. Barcha kranlar mexanik va elektrik uskunalarining ish tartibiga ko‘ra 4 kategoriyaga bo‘linadi.
Ye–yengil,
O‘–o‘rtacha, O–og‘ir,
JO–juda og‘ir.
Asosiy ko‘rsatkichi mexanizm dvigatelining ishlash davomiyligi PV %,
bo‘lib
Yengil ish tartibi uchun PV=10÷15 %
O‘rta ish tartibi uchun PV=15÷25 %
Og‘ir ish tartibi uchun PV=25÷40 %
Juda og‘ir ish tartibi uchun PV=40÷60 %
Boshqarish va himoya apparatlari. Kulachokli kuch kran kontrollerlari. Ular yordamida kranlarni (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok kran elektrodvigatellarining) yurgizish, to‘xtatish, revers hamda burchak tezligini boshqarish mumkin. Hozirgi paytda kuch kontrollerlari yengil, o‘rta va og‘ir ish rejimlarida quvvati 30 kVt gacha bo‘lgan dvigatellarni ulash uchun qo‘llaniladi. Faza rotorli AD larni boshqarish uchun KKT–61, KKT61A, KKT–62 va KKT–62A kontrollerlardan foydalaniladi. Bundan tashqari KKT68A ham qo‘llaniladi. Bu kontrollerlarda dvigatel stator cho‘lg‘ami ikki revers kontaktlar orqali kommutatsiya qilinadi. Qisqa tutashuv rotorli AD larni boshqarish uchun KKT–63 kontrolleridan foydalaniladi. O‘zgarmas tok dvigatellarida esa aravacha mexanizmida KKP–101 va ko‘tarish mexanizmida KKP–102 tipidan foydalaniladi.
Magnit kontrollerlar. Ular quvvati 150 kVt gacha bo‘lgan dvigatellarini boshqarish uchun xizmat qiladi. Magnit kontrollerlarni konstruktiv paneli ikki variantda bajariladi: karpasli va izolyatsiya qilingan shaxtada panelli. Karkasli kosntruksiyali kontrollerlar tok o‘tkazuvchi qism va korpus o‘rtasida bir pog‘onali izolyatsiya qo‘llanilgan bo‘ladi va ulangan bino ichida joylashgan kranlarda qo‘llaniladi.
Panel konstruksiyali kontrollerlar ikki pog‘onali izolyatsiyaga ega bo‘lib, magnit kontrollerlar shkafga joylashgan bo‘ladi.
Kranlarning himoya paneli kran dvigatelining kontrollerli boshqarishda qo‘llaniladi. Himoya panelida kranlarning o‘ta yuklanishdan, qisqa tutashuvdan, elektr ta’minotida uzilish bo‘lganidan so‘ng o‘z–o‘zidan yurib ketishdan himoya qiluvchi elektr apparatlar joylashgan bo‘ladi. Himoya paneli apparaturalar joylashgan metall shkafdan iborat bo‘lib, shkaf eshigi qulflanadi va bu qulf bosh o‘chirgich bilan blokirovka qilingan bo‘ladi. Himoya paneli odatda kran kabinasiga joylashtiriladi. Quyidagi rasmda PZK tipidagi himoya panelining prinsipial elektr sxemasi ko‘rsatilgan. Panelning asosiy apparati VV (kirish o‘chirgichi), KL–kontaktor, RM–RMO ikki guruhlashgan rele, RM1–RM3–maksimal tok relesi, RMO1 va RMO2–blok relesi, KnR–panelni ulash knopkasi, Pr–boshqarish zanjirining saqlagichi.

98-rasm. Kolodkali elektromagnit tormoz
Kranlarni to‘xtash qurilmalari va yuk ko‘tarish elektromagnitlar. To‘xtash qurilmasi – bu dvigatel o‘chib qolgan holatda yukni bir holatda ushlab turish hamda yukni osilib turgan holatida ushlab utirish uchun xizmat qiladi. Kranlarda kolodkali, diskali va lentali mexanik tormozlardan foydalaniladi.
143-rasmda kolodkali, prujinali tormoz ko‘rsatilgan. U bir fazali elektromagnit yuritmaga ulangan bo‘lib, bu yerda 6–to‘xtatuvchi shkiv, 11– to‘xtatuvchi kolodka, 1–7–richag, 8–magnit o‘tkazgich, 10–g‘altak, 3–prujina, 2–o‘zak, 4–skoba.
To‘xtatuvchi elektromagnitlar bir fazali va uch fazali, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda ishlashi mumkin. Elektromagnit g‘altagi dvigatel bilan bir vaqtda ulanib uziladi. Yakorning harakatiga ko‘ra elektromagnit to‘xtatgichlar qisqa va uzun yurishliklarga bo‘linadi. O‘zgarmas tok elektromagniti dvigatel yakoriga parallel yoki ketma–ket ulangan holda tayyorlanadi. Birinchi holda katushka katta induktivlik hosil qilish uchun ko‘p cho‘lg‘amli qilib tayyorlanadi. Bunday elektromagnitlarda tez ishlashi uchun ular kichik kuchlanishga hisoblanadi. Ulanish paytida g‘altakga to‘liq kuchlanishni berilishi elektromagnitni ishlashini tezlatadi.
G‘altaklari ketma–ket ulangan elektromagnitlar ulanish sxemasi sodda va tez ishlash xususiyatiga ega, bundan tashqari razryad qiluvchi va tokni chegaralovchi qarshilik shart emas. Bunday elektromagnitlarni asosiy kamchiligi u dvigatelni yuklama tokiga bog‘liqdir. Ular ko‘p holda yakor toki miqdorda o‘zgaruvchi harakatlanuvchi mexanizmlarda qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan tok elektromagnit g‘altagi asinxron dvigatel statoriga parallel ulanadi. Bunday elektromagnit g‘altak ulanganda undan katta tok oqib o‘tadi. To‘xtatuvchi elektromagnitlar PO=15,25,40 va 60 % da ishlab chiqiladi. Ular o‘zining formasi, massasi va to‘xtatish kuchi bilan farqlanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling