Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari
Download 0.82 Mb.
|
Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuk ko‘taruvchi elektromagnitlar.
Elektrogidrotolkatellar. To‘xtatuvchi elektromagnitlarning asosiy kamchiligi ulardagi birdaniga ulanish bo‘lib, buning natijasida yakor magnit o‘tkazgichga uriladi, tokning katta qiymatda o‘zgarishi richag holatining o‘zgarishiga olib keladi.
99–rasm. Elektrogidrotolkatelli tormoz Shuning uchun kranlardagi to‘xtatuvchi qurilmalarda elektrogidrotolkatellar keng qo‘llanilmoqda. Ular foydalanish jarayonida katta ishonchlilikka ega, tez va oxista to‘xtash imkonini beradi, kerakli miqdorda to‘xtash momentini hosil qilib, oson boshqariladi. 144–rasmda elektrogidrotolkatelllar ko‘rsatilgan. Bu yerda 1–korpus, 7–qisqa tutashuv rotorli AD, 6–porshen, 5–richag, 2–prujina, 3,4–richag. To‘xtatish yuritmasi uchun EGT TG–50, TG–80 va TG–160 tipidagi quvvati 500, 800 va 1600 N li elektrogidravlik itargichlar qo‘llaniladi. Itargichlar ko‘rsatilgan quvvatini nominal kuchlanishga nisbatan 90 % bo‘lmagan holda ishlaydi. Bir soatda ulanishlar soni 700 da 2000 gacha va PV=100% bo‘ladi. EGI larning ishlash vaqti 0,6 dan 15 s tashkil etib, ba’zi hollarda ular to‘xtashi bilan bir qatorda kran mexanizmlarining dvigatellarni burchak tezligini rostlashni boshqarish uchun ham xizmat qiladi. 100–rasm. Yuk ko‘taruvchi elektromagnitlar a–aylanasimon elektromagnitni umumiy ko‘rinishi; b–PMS–50 tipidagi magnit kontrollerni elektr sxemasi. Yuk ko‘taruvchi elektromagnitlar. Bunday uskunalardan foydalanish ferromagnit materiallarni tashishda ularni ushlab va tashlab yuborish operatsiyalarini davomiyligini kamaytiradi. Quyidagi rasmda doira shaklidagi yuk ko‘taruvchi elektromagnit ko‘rsatilgan. Bu yerda 1–g‘altak, 2–po‘lat korpus, 3–qutbli boshmak, 4–himoya qiluvchi halqa, 5–egiluvchan kabel. Elektromagnitni ko‘taruvchi kuchi ko‘tariluvchi yukning xarakteri va haroratiga bog‘liq, zichligi katta yuklarni ko‘tarish uchun ko‘tarish kuchi ortadi, aksincha zichligi kam bo‘lgan yuklar uchun ko‘tarish kuchi kamayadi. Bunday elektromagnitlarning g‘altagi o‘zgarmas tok manbaidan ta’minlanadi va u katta induktivlikka, qoldiq magnit oqimiga ega. Ko‘tarish elektromagnitini boshqarish kranchi kabinasida o‘rnatilgan shkafda joylashgan magnit kontrollerlar yordamida amalga oshiriladi. 145–rasmda PMS–50 tipidagi magnit kontrollerlarni prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. 1.2. Ko‘targichlar va liftlarning elektr uskunalari va boshqarish sxemalariXalq xo‘jaligining bir qancha tarmoqlarida ko‘tarish mexanizmlaridan insonlarni va yuklarni vertikal yo‘nalishda ko‘tarib tushirish maqsadida foydalaniladi. Vertikal transportlarni ichida eng ko‘p tarqalgan mexanizm– liftlar deyiladi. Liftlardan zamonaviy sanoat korxonalarida va ko‘p qavatli binolarda keng foydalanaladi. Liftlar statsionar mexanizm bo‘lib, u binoning bir qavatidan boshqa qavatiga yuklarni va insonlarni tashish uchun atrofi o‘ralgan va shaxtada harakatlanuvchi kabinada harakatlanadi. Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan liftlar eshiklarini ochilib yopilishi, harakatlanishi, to‘xtashi va yurishi kabi operatsiyalari yuksak darajada avtomatlashtirilgan holda bajarilmoqda. Ular xavfsiz va qulayligi bilan xalq xo‘jaligida keng qo‘llanilmoqda. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra liftlar passajirlar tashuvchi, yuk tashuvchi (kuzatuvchili yoki kuzatuvchisiz) passajir va yuk tashuvchi, maxsus turlarga bo‘linadi. Passajir liftlari kabinaning harakat tezligiga ko‘ra sekin (0,5 m/s gacha), tez (1 m/s gacha) va juda tez yurar (1 m/s dan yuqori) ga bo‘linadi. Yuk tashuvchi liftlar esa ko‘p hollarda 0,1–0,5 m/s harakat qiladi. Passajir liftlarini yuk ko‘tarish hajmi 250 dan 1500 kg gacha, ya’ni 3–21 kishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Yuk tashuvchi liftlar esa 50–5000 kg ni tashkil etadi. Barcha turdagi va konstruksiyadagi liftlarni asosiy bo‘inlari yuk ko‘taruvchi lebedka, arqon, kabina, pasangi, dvigatel, mexanik to‘xtatgich va boshqa apparatlardan iborat. 101-rasm. Passajir liftlarni umumiy ko‘rinishi 4.6–rasmda passajir liftlarni umumiy ko‘rinishi berilgan. Bu yerda 2–shaxta, 6–kabina, 7–arqon, 12–arqon yuradigan shkif, 14–pasangi, 10–dvigatel, 5–kabel (yegiluvchan), 11–elektro– magnit to‘xtatgich, 13–umumiy rama, 9–boshqarish shkafi, 1 va 16–prujinali bufer, 4 va 15– yo‘naltirgich, 3–o‘chirgich, 8–qavatlarga qayta ulagich. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling