104–rasm. ET–2040 tipidagi elektr aravachaning elektr yuritmasi
a) elektr sxemasi. b) K1–K6 kontaktorlarning qayta ulanish diagrammasi
v) dvigatelning tezlik xarakteristikasi
Aravachani to‘xtatish mexanik tormoz yordamida pedalni oyoqda bosib amalga oshiriladi. Pedal bosilganda V2 ulanib K4 kontaktor manbadan uziladi.
Natijada dvigatel ham manbadan uziladi.
Uzluksiz ishlovchi qurilmalarining tuzilishi va vazifalari.
Uzluksiz transport mexanizmlari elektr mashinasozlik zavodlarida sex ichida va sexlar orasida xar xil detal va yig‘ma materiallarni tashish yetkazib berish uchun (;) xizmat qiladi. (metallarni qayta ishlash paytidagi chiqindilarni ishchi o‘rnidan uzoqlashtirish va boshqalar). Bunday mexanizmlarga birinchi navbatda lentali, osma va rolikli konveyerlar kiradi.
Lentali konveyerni asosiy konstruktiv elementi lenta shaklida tayyorlangan – harakatlanuvchi organ hisoblanadi. Lentali konveyer ipi barabanga tortilgan lentadan iborat bunda barabanlardan biri yetaklovchi ikkinchisi yetaklanuvchi bo‘ladi. Yetaklovchi baraban mexanik uzatma orqali dvigateldan harakatlanadi. Rolikli konveyerlarda esa rejimlar guruhi yoki alohida elektr yuritmadan harakatlanadi.
Osma konveyerlar ham odatda keng qo‘llaniladi. Arqon yoki zanjir ko‘rinishida bo‘lishi mumkin (150–rasm). Bunda tashiladigan yuk ilgancha yoki maxsus moslamaga osib tashiladi.
Konveyer asosiy afzalliklari ularning uzluksiz ishlashi, ular yuklash va tushishi paytida to‘xtatilmaydi. Bundan tashqari foydalanish qulay qurilma sodda, kran va ko‘targichlarga qaraganda unumdorligi yuqori.
105–rasm. Zanjirli konveyerning umumiy ko‘rinishi
Konveyerlarni konstruksiyalashdagi farqlarga qaramasdan ular uchun quyidagi umumiy foydalanish rejimlari mavjud:
Nazorat savollari
Kranlar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Yuk ko‘taruvchi kranlarning qanday turlarini bilasiz?
Chorpoyali kranning elektr uskunalari qanday tuzilgan?
Uzluksiz transport mexanizmlarining ish prinsipi qanday?
Yerda yuruvchi elektr aravachalarining tuzilishi va ish prinsipini so‘zlab bering.
Sanoat mashina va jihozlarini ta’mirlash va ulardan foydalanishda qanday yuk ko‘tarish mashinalaridan ko‘p foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |