Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari


Lift elektr yuritmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar


Download 0.82 Mb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1536001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko‘tarish transport mashinalarining elektr uskunalari

Lift elektr yuritmalariga qo‘yiladigan asosiy talablar. Inson va yuklarni tashishdagi operatsiyalarni sifatli bajarish uchun lift elektr yuritmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: dvigatelni reversiv ishlashini ta’minlash, yurgizish va to‘xtatishni ohista bo‘lishiga erishish, tezlanish va sekinlashini belgilangan maromda bo‘lishini ta’minlash, o‘tish jarayonlarini vaqtincha kamaytirish, kabinani eshigi pol sathida aniq to‘xtashini ta’minlash. Bu talablarni bajarish lift ishini alohida xususiyatlariga bog‘liq. Quyidagi passajir liftlarini unumdorligini hisoblash formulasida ham bu xususiyatlar ko‘rinib turibdi:
(63)
bu yerda Yek–kabinaning nominal sig‘imi, N–ko‘tarish balandligi m, Ya–k–kabinaning harakat tezligi m/s, Yet–to‘xtash vaqti, s–kabinani yuklanish koeffitsienti.
Formuladan ko‘rinib turibdiki, liftlarning unumdorligi kabina sig‘imiga to‘g‘ri proporsional va harakat tezligi bilan aniqlanadi.
Kabinalarni yurgizishda va to‘xtatishda ruxsat etilgan tezlanish sekin yuruvchi liftlar uchun 1,5 m/s2, tez yurar liftlar uchun 2,5 m/s2. "Stop" tugmasi bilan to‘xtatishdagi eng katta sekinlashi 3,0 m/s2 dan oshmasligi kerak. Passajirlarni xavfsiz va qulay chiqib tushishi va yuklarni oson yuklab tushirish hamda bu jarayonlarni tezlatish uchun lift kabinasi to‘xtatish paytida etaj maydonining sathidagi belgilangan aniqlik darajasida to‘xtatish kerak. Liftlardagi aniq bo‘lmagan to‘xtashlar passajirlarni, chiqib tushishga ketgan vaqtlarini ortishiga va yuklarni esa yuklab tushirishni qiyinlashishga olib keladi.
Liftlarning asosiy elektr uskunalari. Lift yuritmalari uchun qattiq mexanik xarakteristikaga ega bo‘lgan uch fazali asinxron dvigatel va maxsus mustaqil qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok dvigatelidan foydalaniladi. Lift elektr uskunalarining konstruksiyasini soddalashtirish uchun qisqa tutashgan rotorli AD dan ham foydalanish mumkin. Bunday dvigatellar faqat sekin yuruvchi passajir va yuk tashuvchi liftlarda foydalaniladi.
Tez yurar liftlarda aniq to‘xtatishni ta’minlash uchun ikki tezlikli AD dan foydalaniladi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling