Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish


Tadqiqotning metodologik asoslari


Download 159.32 Kb.
bet6/19
Sana22.06.2023
Hajmi159.32 Kb.
#1647703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ilmiy ish oxirgi

Tadqiqotning metodologik asoslari. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida»gi qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim jarayoni va mazmunini tahlil etishga qaratilgan asarlari va fikrlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida oʼqitishga qaratilgan tadbirlarga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlari, pedagogika, psixologiya fanlari yoʼnalishida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, Sharq allomalarining falsafiy-pedagogik yondashuvlari, asarlari, shuningdek, mavzuga oid oʼquv-metodik va ilmiy adabiyotlar.
Tadqiqot ishining ishonchliligi va asoslanganligi: tadqiqot doirasida dolzarb pedagogik muammo tadqiq etilganligi; muhim xulosalar hamda asosiy natijalar umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida fanlarini oʼqitish jarayonida foydalanishga yoʼnaltirilganligi; kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalari tahlil etilganligi; tadqiqot maqsadi va ilmiy farazidan kelib chiqib qoʼyilgan vazifalarning mosligi; uslublarning toʼgʼri tanlanganligi; pedagogik tajriba-sinov ishlari kutilgan ilmiy natijalarni kafolatlashi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning tajriba-sinov maydonchalari sifatida quyidagi umumiy oʼrta taʼlim muassasalari tanlab olindi: Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 56-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi boshlang’ich sinflari; 54-son umumiy oʼrta taʼlim maktabi.
Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida taʼlim berish tarixi va uslubiyati oʼrganilgan holda taʼlim sifatini oshirish borasida tegishli koʼrsatmalar berildi; kouching asosida taʼlim muassasalari darsligini zamonaviy taʼlim jarayoniga mosligi qiyoslandi hamda bu borada oʼqituvchilar uchun tegishli tavsiyalar berildi; maktablarda kouching asosida oʼqitishning shakl va metodlari baholandi. Natijada oʼqituvchilar uchun texnologik usullardan foydalanish ishlari rivojlantirildi; kouching asosida darsligining amaliy-uslubiy mazmuni va didaktik xususiyatlari tavsiflandi hamda pedagogik jihatlari yoritildi. Natijada taʼlim jarayonida darslikdan foydalanishning umumiy jihatlari kuchaytirildi; umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida umumiy jarayonlar va darslikdan foydalanish masalalarini takomillashtirishga oid pedagogik tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu natijada maktab oʼqituvchilarining metodik bilimlari mustahkamlanishga xizmat qildi.

Download 159.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling