Kovaklar konsentratsiyasi
Download 0.89 Mb.
|
kamolov 5
6.9-rasm. a - GD tuzilmasi; b - elektr maydon kuchlanganligi; v - konsentratsiyaning taqsimlanishi
Shuning uchun stabil domen hosil bo‘lishi uchun domen hosil bo‘lish vaqti Ф domenning katoddan anodga uchib o‘tish vaqti Т0 L/ТУЙ dan kichik bo‘lmog‘i zarur. Anodga yetgan domen so‘rilib ketadi. Shundan keyin - qatlamda yangi domen hosil bo‘ladi va jarayon takrorlanadi. Domenlarning yo‘qolishi va yangisining hosil bo‘lishi diod qarshiligining o‘zgarishi bilan davom etadi, natijada diod toki tebranishlari kuzatiladi. Ф T0 bo‘lganda diod toki tebranishlari chastotasi f ТУЙ / L ga teng, bu yerda ТУЙ =107 см/с, L – yarimo‘tkazgich uzunligi. Diodning domenlar hosil qilib ishlash rejimi uchib o‘tish rejimi deb ataladi. GD asosidagi generatorning sodda sxemasi 6.10-rasmda keltirilgan. Rezonator СЭ sig‘imli, LЭ induktivlikli va RЭ qarshilikli ekvivalent kontur bilan almashtirilgan. Generator RЭ ning kichik qiymatlarida o‘z – o‘zini uyg‘otadi va uchib o‘tish rejimi amalga oshadi. Ushbu rejimda yuklamadagi quvvat domen hosil qiladi, diodning qolgan qismi passivdir. Shuning uchun diodning FIK bir necha foizdan oshmaydi. 6.10-rasm. Gann diodi asosidagi sodda generator sxemasi GD asosidagi generatorning ko‘rib chiqilgan rejimi bir necha GGs chamasidagi chastotalar uchun o‘rinli bo‘lib, tranzistorlar asosidagi anchagina yuqori FIK ga ega bo‘lgan generatorlar bilan raqobatlasha olmaydi. 10 GGs dan yuqori chastotalarda GDlari hajmiy zaryad to‘planishini chegaralash (XZTCH) rejimida ishlatiladi. Diod RЭ qarshiligi katta rezonatorga joylashtiriladi. Bunda statsionar domen hosil bo‘lmaydi va u diod anodiga yetguncha so‘nib ketadi. Generatsiyalanayotgan tebranshlar chastotasi rezonator chastotasi bilan aniqlanadi. XZTCH rejimida 160 GGs ni tashkil etuvchi ishchi chastotalarga erishiladi. GD asosidagi santimetrli diapazonda qayta generatsiyalovchi kuchaytir-gichlarning kuchaytirish koeffitsinti 6 - 10 dB, chiqish quvvati 1 Vt gacha va FIK 5 % gacha bo‘ladi. Ularning shovqin koeffitsiyenti maydonli tranzistorlar asosidagi kuchaytirgichlarning shovqin koeffitsiyentidan yuqori. Shuning uchun ular oraliq kuchaytirgich kaskadlarda ishlatiladilar. Fotodiod deb bitta р-n o‘tishga ega bo‘lgan foto-elektr asbobga aytiladi. Fotodiod tashqi kuchlanish manbaili (fotodiodli rejim), hamda tashqi kuchlanish manbaisiz sxemalarga ulanishi mumkin. Tashqi kuchlanish manbai shunday ulanadiki, р-n o‘tish teskari siljigan bo‘lsin. Yorug‘lik tushurilmaganda diod orqali juda kichik “qorong‘ulik” ekstraksiya toki I0 oqib o‘tadi va u berilayotgan kuchlanishga bog‘liq bo‘lmaydi. N- baza sohasiga ta’qiqlangan zona kengligidan ancha katta bo‘lgan h energiyali fotonlardan tashkil topgan yorug‘lik tushurilganda, elektron – kovak juftliklar generatsiyalanadi. Agar juftliklar o‘tishdan diffuziya uzunligidan oshmaydigan oraliqda hosil bo‘lsalar, yorug‘lik ta’sirida generatsiyalangan kovaklar o‘tishning elektr maydoni ta’sirida ekstraksiyalanadilar va teskari tok uning “qorong‘ulik” qiymatiga nisbatan ortadi. Yorug‘lik oqimi F qancha intensiv bo‘lsa, diod teskari toki IF qiymati shuncha katta bo‘ladi. 6.11-rasmda turli yorug‘lik oqimi qiymatlaridagi fotodiod VAXsi keltirilgan. Yorug‘likning keng nurlanish chegaralarida fototok yorug‘lik oqimiga deyarli chiziqli bog‘liq bo‘ladi. 6.11-rasm. T turli yorug‘lik oqimi qiymatlaridagi fotodiod VAXsi Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling