Kovaklar konsentratsiyasi
Download 0.89 Mb.
|
kamolov 5
6.6-rasm. KUD asosidagi generator elektr sxemasi
KUD parametrlari va teskari kuchlanish U qiymati shunday tanlanadiki, p+ - n o‘tishdagi elektr maydon kuchlanganligi ЕL ≈ 105 В/см, i – sohada esa ЕTO‘Y ≈ 5-10 kV/sm bo‘lsin. Elektr maydon kuchlanganligi ЕL ga yetganda yarimo‘tkazgich kristall panjarasi atomlarining zarbdan ionlashuvi boshlanadi. Zarbdan ionlashuv natijasida zaryad tashuvchilarning ko‘chkisimon ko‘payishi kuzatiladi. Elektr maydon kuchlanganligi i – sohada ЕTO‘Y dan katta bo‘lgani sababli zaryad tashuvchilar dreyf tezligi maydon kuchlanganligiga bog‘liq bo‘lmaydi va υTO‘Y ≈ 107 sm/s ni hosil qiladi. Elektr zanjirlarda doim mavjud bo‘ladigan elektr toki yoki kuchlanishi fluktuatsiyalari hisobiga sxemada hosil bo‘lgan birlamchi tebranishlar qurilmani generatsiyalash rejimiga o‘tkazadi. Tebranish konturida elektr maydonning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisini belgilovchi U Um sint o‘zgaruvchan kuchlanish hosil qilinadi: E EЛ Еmsint Musbat ∆Е yarim davrlarda p+-n o‘tishda elektron – kovak juftliklar generatsiyalanadi. ∆Е ortib borishi bilan vaqt birligi ichida hosil bo‘layotgan zarrachalar soni shunday ortadiki, ∆Е musbat yarim davri oxirida eng ko‘p zaryad tashuvchilar hosil bo‘ladi. Kovaklar p+-n o‘tishdan p+- sohaga siljiydi, elektronlarning asosan ko‘p qismi Q zaryadli to‘plam sifatida p+-n o‘tish maydoni hisobiga L qalinlikka ega bo‘lgan va dreyf qatlami deb ataluvchi i – sohaga o‘tadi. Dreyf qatlamida elektronlar o‘rtacha υTO‘Y tezlik bilan n+ - sohaga siljiydi. Elektr maydon tezlatuvchi maydondan sekinlatuvchi maydonga o‘tish vaqtida elektronlar to‘plami dreyf sohasida xarakatlanishga boshlaydi. Agar dreyf qatlami uzunligi L da elektronlarning uchib o‘tish vaqti τДР tebranishlar davri yarmiga yaqin (ДР T /2) qilib olingan bo‘lsa, elektronlar to‘plami L ning butun uzunligida yuqori chastotali maydon bilan tormozlanadi va unga o‘z energiyasini berib boradi. Kinetik energiya uzatilishi elektronlar to‘plamining kristall panjara bilan to‘qnashuvlari orasida sodir bo‘ladi. Elektronlar o‘zining bir qism energiyasini yuqori chastotali maydonga uzatishi KUD MDQka ega ekanini angalatadi. O‘YUCH maydonga energiya uzatishning maqbul shartidan ДР T /2 kelib chiqqan holda, UD li generatorning ishchi chastotasi f ni baholaymiz: 1 1 ТУЙ f ; T 2ДР 2L L =10 mkm ni tashkil etganda f =5 GGs bo‘ladi. Hisoblab topilgan chastota uchib o‘tish chastotasi, ko‘rilgan rejim esa uchib o‘tish rejimi deb ataladi. Generatsiyalovchi diodlarning boshqa turini Gann diodlari tashkil etadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling