Kovaklar konsentratsiyasi
Download 0.89 Mb.
|
kamolov 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tunnel diodi
- Ko‘chkili uchma diod (KUD)
I6.5-rasm. Stabilitronning asosiy parametri Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib barqarorlash kuchlani-shining temperatura koeffitsiyenti (KTK) hisoblanadi. KTK – bu temperatura bir gradusga o‘zgarganda barqarorlash kuchlanishining nisbiy o‘zgarishi. Ko‘chkisimon teshilish kuzatiladigan kichik voltli stabilitronlar odatda musbat KTKga ega. KTK qiymati odatda 0,2 - 0,4 % /grad dan oshmaydi. Varikap elektr yordamida boshqariladigan sig‘im sifatida qo‘llanishga mo‘ljallangan. Varikapning ishlash prinsipi elektr o‘tish to‘siq sig‘imining teskari kuchlanishga bog‘liqligiga asoslangan. Varikaplar asosan tebranma konturlarni chastotasini elektron qayta sozlashda qo‘llaniladi. Varikaplarning bir necha turi mavjud. Masalan, parametrik diodlar o‘ta yuqori chastota signallarini kuchaytirish va generatsiyalashda, ko‘paytiruvchi diodlar esa keng chastota diapazoniga ega bo‘lgan ko‘paytirgichlarda qo‘llaniladi. Tunnel diodi deb qo‘zg‘otilgan yarim o‘tkazgich asosida loyihalangan yarim o‘tkazgichli asbobga aytiladi. Unda teskari va uncha katta bo‘lmagan to‘g‘ri kuchlanishda tunnel effekti yuzaga keladi va volt – amper xarakteristika manfiy differensial qarshilikka ega bo‘lgan soha mavjud bo‘ladi. Tunnel diodlar boshqa turdagi diodlardan sezilarli farq qilmaydi, lekin ularni yasash uchun 1020 sm-3 kiritmaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli materiallar qo‘llaniladi. VAX nochiziqli bo‘lsa, uning har bir kichik sohasi to‘g‘ri chiziq deb qaraladi va dU xarakteristikaning bu nuqtasida Ri differensial qarshilik kiritiladi. Agar xarakteristika dI kamayuvchi bo‘lsa, bu sohada qarshilik Ri manfiy qiymatga ega bo‘ladi. Ko‘chkili uchma diod (KUD) generatsiyalovchi diodlarning bir ko‘rinishini tashkil etadi. Yuqori chastotalarda uning VAXida, p-n o‘tishda ko‘chkili teshilish sodir bo‘lganda, manfiy qarshilikka ega soha hosil bo‘ladi. Agar KUD rezonatorga joylashtirilsa unda chastotasi 100 Gs gacha bo‘lgan so‘nmas elektr tebranishlar hosil bo‘ladi. O‘ta yuqori chastota (O‘YUCH)larga 300 MGs dan 300 GGs gacha diapazondagi tebranishlar kiradi va detsimetrli, santimetrli, millimetrli to‘lqin uzunlikdagi tebranishlarni o‘z ichiga oladi. Kuchaytirish yoki generatsiyalash rejimiga mos shartlarni elektron asboblarning manfiy dinamik (differensial) qarshiligi (MDQ) bilan xarakterlash qabul qilingan. Elektron asbobda MDQ ning mavjudligi uni energiya yutuvchi sifatida emas, balki o‘zgaruvchan tok energiyasi manbai sifatida qarash kerakligini anglatadi. KUD – yarimo‘tkazgich asbob bo‘lib, uning ishlash prinsipi O‘YUCH diapazonda zaryad tashuvchilarning ko‘chkisimon ko‘payishi va ularning elektr maydon ta’sirida uchib o‘tishi natijasida MDQ hosil bo‘lishiga asoslanadi. Hozirgi vaqtda KUDlar millimetrli to‘lqin uzunligida eng katta quvvatli O‘YUCH tebranishlar hosil qiluvchi qattiq jismli manbalarning biridir. 10 GGs chastotada uzluksiz tebranishlarning maksimal quvvati, FIK 40 % bo‘lganda, 10 Vt larni tashkil etadi.Ko‘chki toki shovqinlari yuqori bo‘lgani sababli, KUD asosidagi kuchaytirgichlar shovqin koeffitsiyenti 30-40 dB ni tashkil etadi va KUDlarning kuchaytirgich sifatida ishlatilishini cheklaydi. KUD asosidagi quvvat kuchaytirgichlar radioreleli va sun’iy yo‘ldoshli aloqa tuzilmalarida qo‘llaniladi.KUD tuzilmasi va KUD asosidagi generatorning elektr sxemasi 6.6-rasmda ko‘rsatilgan. RLC mikroto‘l-qinli rezonatorni tashkil etadi. KUDda xususiy avtotebranishlarni tashqi rezonans kontursiz ham uyg‘otish mumkin. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling