Kovaklar konsentratsiyasi
Download 0.89 Mb.
|
kamolov 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- CБ0 S 2U K 0 1qNd Nd
qI kTCДФ р-n o‘tishdan oqib o‘tayotgan tok va bazadagi zaryad tashuvchilarning yashash vaqti qancha katta bo‘lsa, diffuziya sig‘imi ham shuncha katta bo‘ladi. Ikki elektr qatlamga ega bo‘lgan elektron – kovak o‘tish zaryadlangan kodensatorga o‘xshaydi. O‘tish sig‘imi o‘tish yuzasi S, uning kengligi va dielektrik doimiysi bilan aniqlanadi. O‘tish sig‘imi to‘siq sig‘imi deb ataladi va quyidagi ifodadan aniqlanadi: CБ0 S 2UK 01qNd Nd Na O‘tishga kuchlanish berilsa, bu vaqtda o‘tish kengligi o‘zgarganligi sababli, sig‘im ham o‘zgaradi. Sig‘imning berilayotgan kuchlanish U qiymatiga bog‘liqligi quyidagicha UK CБ CБ0 UK U . To‘g‘ri ulangan o‘tishda musbat ishorasi, teskari ulanganda esa manfiy ishora olinadi. SB berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligi sababli р-n o‘tishni o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator sifatida qo‘llash mumkin. To‘g‘ri kuchlanish berilganda diffuziya sig‘imi to‘siq sig‘imidan ancha katta bo‘ladi, teskari kuchlanishda esa teskari. Shuning uchun to‘g‘ri kuchlanish berilganda р-n o‘tish inersiyasi diffuziya sig‘imi bilan, teskari ulanganda esa – to‘siq sig‘imi bilan aniqlanadi. Teskari ulangan p-n o‘tish tokining keskin ortishiga mos keluvchi kuchlanish teshilish kuchlanishi UTESH deb ataladi. Teshilishni ikki xil mexanizmi mavjud: elektr va issiqlik. Ikkala holda xam tokning keskin o‘sishi p-n o‘tish sohasida EZTlarning qo‘shimcha generatsiyasi bilan bog‘liq. Elektr teshilishda zaryad tashuvchilar soni kuchli elektr maydon ta’sirida, issiqlik teshilishda esa – atomlarda bo‘ladigan termik generatsiya hisobiga ortadi. Elektr teshilish mexanizmi ikki xil tabiatga ega: ko‘chkili va tunnel. Ko‘chkili teshilish. Elektron yoki kovak yarimo‘tkazgich atomi bilan to‘qnashib uni ionlashtiradi. Buning uchun u elektr maydon ta’sirida erkin yugurish uzunligida yarimo‘tkazgichning taqiqlangan zonasi energiyasidan katta energiya olib ulgurgan bo‘lishi lozim. Zaryad tashuvchi elektr maydon ta’sirida yetarli kinetik energiya to‘plagandan so‘ng, atom bilan to‘qnashadi va undan valent elektronni urib chiqarib o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tkazadi. Zarba natijasida generatsiyalangan elektron – kovak juftlik ham maydon ta’sirida to‘qnashganda ionlashtirish jarayonida ishtirok etadi. Jarayon ko‘chkisimon ortadi va teskari tokning keskin ortishiga olib keladi. p-n o‘tishdan ketayotgan n2 zaryad tashuvchilarni o‘tishga kirayotgan n1 zaryad tashuvchilar soniga nisbati ko‘chkili ko‘payish koeffitsiyenti Mn2 /n1 deb ataladi. Uni baholash uchun quyidagi approksimatsiyadan foydalaniladi: 1 M m UТЕС 1UТЕШ Bu yerda m – yarimo‘tkazgich materialiga va baza soha turiga bog‘liq parametr, n – kremniy vа p – germaniy uchun m =5, p – kremniy va n – germaniy uchun m =3. p-n o‘tishdagi elektr maydon kuchlanganligining o‘rtacha qiymati E UТЕСК /l . Ko‘chkili teshilish kuchlanishi UTESH qiymati yarimo‘tkazgich taqiqlangan zona kengligi ortishi va kiritmalar konsentratsiyasi kamayishi bilan ortib boradi. Amalda teshilish rejimida p-n o‘tish teskari tokining teskari kuchlanish bilan quyidagi empirik bog‘liqligidan foydalaniladi: I0 IТЕСК в . 1UUТЕСКТЕШ Turli yarimo‘tkazgich materiallar uchun в=2÷6. Ko‘chkili teshilishda М va ITESK larning UTESK ga bog‘liqligi 6.2-rasmda keltirilgan. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling