EKSKAVATORLARNING XARAKTERISTIKALARI,TEXNIK KO’RSATKICHLARI.
Reja:
Ekskavatorlar to’g’risida umumiy tushunchalar;
Ekskavatorlar mexanizmlarining elektr yuritmalariga
qo’yiladigan talablar.
Ekskavatorlar to’g’risida umumiy tushunchalar Hozirgi kunda qurilish jarayonlarida bajaraladigan turli tuproqli ishlarni amalga oshirishda hamda foydali qazilmalarni ochiq yo’l bilan olishda ekskavatorlardan keng ko’lamda foydalaniladi.
Bir cho’michli ekskavatorlarni uch asosiy guruhga bo’lish mumkin: kam unumdorlikli – cho’mich hajmi 0,5-2,0 m3; o’rtacha unumdorlikli – cho’mich hajmi 2,5-8,0 m3va yuqori unumdorlikli – cho’mich hajmi 8,0 m3 katta.
Ishchi organ konstruksiyasi bo’yicha ekskavatorlar bir nechta turga bo’linadi: to’g’ri kurakli, teskari kurakli, draglayn, strup kurak va boshqalar. Kurak - ekskavatorda cho’mich ekskavator o’qiga qattiq briktirilgan bo’ladi, draglaynda esa cho’mich po’lat arqonlarga osilgan bo’ladi.
Harakatlanuvchi mexanizm konstruksiyasi bo’yicha ekskavatorlar bir nechta turga bo’linadi: tasma zanjirli (belgisida G harfi bo’ladi), qadamlab yuradigan (belgisida SH harfi bo’ladi) va temir yo’l relslarida yuradigan.
Ekskavatorlar tuproq zichligiga qarab har xil turda ishlab chiqaziladi. Og’ir tuproqlarga odatda kurak – ekskavatorlar, engil tuproqlarga esa draglayn yordamida ishlov beriladi. Ekskavator turiga berilgan belgisi bo’yicha u mo’ljallangan xizmat vazifasini bilsa bo’ladi. Masalan, EVG-8 va EVG-15 turdagi ekskavatorlar cho’mich hajmi 8 va 15 m3tasma zanjirli mashinaligini bildiradi. EKG-4,6 va EKG-8 turdagi ekskavatorlar karyerlarda ishlashga mo’ljallangan tasma zanjirli mashinalar bo’lib, ularning cho’mich hajmi 4,6 va 8 m3 tengligini bildiradi. Qadamlab yuradigan ekskavatorlar ESH-15/90, ESH-25/100 belgilanib, cho’mich hajmi 15, 25 m3 va o’qining uzunligi 90,100 metrligini bildiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |