Kran mexanizmlari impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmalari


LIFTLARNING IKKI TEZLIKLI ASINXRON MOTORLI ELEKTR YURITMASI


Download 175.1 Kb.
bet5/17
Sana17.06.2023
Hajmi175.1 Kb.
#1550239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kran mexanizmlari impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmala

LIFTLARNING IKKI TEZLIKLI ASINXRON MOTORLI ELEKTR YURITMASI.
Reja:

  1. Ikki tezlikli asinxron motorli lift elektr yuritmasi;

  2. Ikki tezlikli asinxron motorli lift elektr yuritmasi sxemasi va tavsiflari

Avtomatik sikllarda ishlovchi andozaviy sanoat mexanizmlarining alohidagi guruhi bu ko’tarish mexanizmlari: liftlar, shaxtalardagi skip va klet ko’tarish moslamalari, mayatnik turidagi po’lat arqon yo’llari va boshqalar. Ushbu mexanizmlarning elektr yuritmalariga qo’yiladigan umumiy muhim shart – bu to’xtashning talab etilgan aniqligini ta'minlash.


Sekin yuruvchi liftlarning tezligi kichik bo’lganligi tufayli (0,5 m/s gacha) ularning aniq to’xtashligi oddiy ta'minlanadi: motor elektr tarmoqdan uziladi va mexanik tormoz ishga tushiriladi. Ishga tushirish va tormozlashning o’tkinchi jarayonlarining vaqti siklning vaqtiga nisbatan ancha kichik bo’ladi. Shuning uchun bunday mexanizmlarda oddiy va ishonchli bo’lgan rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorli yuritma ishlatiladi. Katta yuk ko’taruvchi sekin yurar yuk tashuvchi liftlarda hamda soatiga ko’p marotaba ishga tushiriladigan sekin yuruvchi liftlarda faza rotorli asinxron motorli yuritma ishlatiladi.
Bunday motorlarda qo’llanadigan reostatlar yordamida ishga tushirish esa ishga tushirishdagi toklarni ancha kamaytirish va elektr manba tarmog’ini ishlashini yengillashtirish imkoniyatini beradi.
Tez yurar liftlarda (tezlik 1,5 m/s gacha) to’xtash oldindan tezlikni pasaytirish imkoniyatini beruvchi boshqariladigan yuritma ishlatiladi. Zamonaviy tez yurar liftlarda maxsus liftlar uchun ishlab chiqaraladigan ikki tezlikli rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorli yuritma ishlatiladi. Bunday motorlarning siljish qiymati va ishga tushirish momentining nominal momentga nisbati (Mi/Mn = 2,2-2,8) yuqori bo’ladi.

1- rasm. Ikki tezlikli asinxron motorli lift elektr yuritmasi sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b).
Motorning statorida(1,a- rasm) qutublar juftligining sonlari 1:3 yoki 1:4 ga teng bo’lgan ikkita o’zaro bog’lanmagan chulg’amlarga ega. Lift kabinasining ishchi tezligini katta tezlik chulg’ami (KaTCh) ta'minlaydi (7.1, b-rasmdagi B tavsif). Kabina kerakli tezlikka etganida KB kontaktor yordamida bu chulg’am tarmoqdan uziladi. Kontaktor KM esa kichik tezlik chulg’amini (KiTCh) tarmoqga ulaydi. Motor M tavsif (7.1, b-rasm) bo’yicha sekinlashgan tezlikka (0,3-0,5 m/s) o’tadi va aniq to’xtash qiymatiga yetganida aniq to’xtash datchik signali bo’yicha KiTCh tarmoqdan uziladi va mexanik tormoz ishga tushiriladi. Ayrim holatlarda sekinlashgan tezlikka o’tish paytida KiTCh bir fazasiga qo’shimcha qarshilik Rd tezlanishni kamaytirish uchun qo’llaniladi. Tezlik qiymati to’xtash qiymatiga yetganidan so’ng bu qarshilik kontaktor KU kontakti bilan qisqa tutashtiriladi.

Download 175.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling