Kreativ fikrlash


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

1. EMPATIYA.
Insonga yo‘naltirilgan dizayn-jarayoni markazi. 
Empatiya – o‘zini boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rish va uning 
hissiyotlari, xohish-istaklari, g‘oyalari va harakatlarini tushunishga harakat 
qilish. 
Empatiyaning asosiy jihati – birga qayg‘urish ongli ravishda ro‘y 
beradi. Siz bir xil hissiyotlarni boshingizdan kechirasiz, lekin bu 
hissiyotlarning tashqi ro‘y berishini tushunasiz va tanqidiy idrok qilishni 
saqlab qolasiz. Empatiya - bu siz ataylab qiladigan narsalardir. 
Sizning vazifangiz – odamlar NIMA qilishi, buni NIMA UChUN 
qilishi, 
atrofdagi 
olamni 
QANDAY 
KO‘RISHI, 
qanday 
QADRIYATLARGA EGALIGIni aniqlab olish, shuningdek, emotsional 
va jismoniy EHTIYOJLAR haqida bilib olishdan iborat. 
Empatiya ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil 
etish va boshqarishda ko‘plab narsalarni belgilab beradi. Masalan, 
mahsulot yoki loyiha kim uchun mo‘ljallangan ekanini tushunmasdan uni 
amalga oshirib bo‘lmaydi. Dizayner o‘zining emas, boshqa kishilarning 
muammolarini hal qiladi. Yaxshi dizayn yaratish uchun, nima aynan uning 
uchun muhimligini tushunish maqsadida inson bilan birga qayg‘urish 
lozim. Odamlarni, ularning harakatlari va atrofdagi olam bilan o‘zaro 
33
Тим Браун. Дизайн-мышление: от разработки новых продуктов до проектирования бизнес-моделей.
М.: Издательство «МИФ», 2012. 173 стр. 


163 
munosabatlarini kuzatib, siz ular nima haqida o‘ylayotgani, nimalarni his 
qilishi va nimalarga ehtiyoj sezishini tushunib olasiz. Aynan shunda 
odamlarga, ularning ishlari va so‘zlariga empatiya namoyish etish, 
ularning qadriyatlarini tushunish mumkin. Ishonch ohangidagi suhbat 
dizaynerga odamlar bilan o‘zaro aloqa qilishning to‘g‘ri yo‘llarini va 
innovasion yechimlarni osonroq topishga yordam beradi. 
Lekin bu prinsiplarni aniqlab olish oson emas. Bizning ongimiz 
avtomatik ravishda katta hajmdagi axborotni qayta ishlaydi, shu sababli 
ko‘plab muhim jihatlarni sezmay qolishimiz mumkin. Odamlarga va turli 
vaziyatlarga yangicha nigoh bilan qarashga empatiya yordam beradi. 
Sizga yaqin bo‘lgan odamlar uchun loyihalar topish oson. Masalan, 
siz milliy taomlarni yaxshi ko‘rasiz va sizdan tanishlaringiz oqshom uchun 
promo-sayt yaratishni so‘radilar. Siz sayt kimlar uchun ekanligini, u yerda 
nimalar bo‘lishi lozimligini juda yaxshi tushunasiz. Saytni yaratasiz, 
o‘zingiz ham bundan zavq olasiz. 
Agar mijoz konsalting yoki yuridik kompaniya bo‘lsa nima qilish 
kerak ? Bu neytral mavzu, lekin odam o‘zini qiziqtira olishi, turmush tarzi 
unga tanish bo‘lmagan boshqa kishining o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘ra olishi 
lozim. Bu paytda sizning professionalligingiz tekshiriladi. Foydalanuvchi 
olamiga sho‘ng‘ish, uning muammolarini va ehtiyojlarini bilib olish, u 
boshidan kechiradigan tajribalarni, muhit bilan va boshqa odamlar bilan 
qanday aloqa qilishini o‘rganish zarur. 
Axborot to‘plash usuli bo‘yicha tadqiqotlar birlamchi va ikkilamchi 
tadqiqotlarga ajratiladi. Birlamchi tadqiqot bu – bevosita o‘zaro aloqa: 
intervyu, kuzatuv, eksperimentlar o‘tkazish. Ikkilamchi tadqiqot – ochiq 
manbalar: statistika, trendlar, OAVdagi nashrlardan axborot olishdir. 


164 
Ikkilamchi tadqiqotlar fikrlash dizaynda u qadar muhim emas, 
chunki birinchi o‘rinda odamlarning tajribasi qiziqtiradi. Lekin shunga 
qaramay, umumiy muammoni tushunish uchun sizning yo‘nalish doirasida 
bo‘lgan holatlarni bilib olish, odamlar sizning muammo haqida internetda 
nimalar yozishi, qanday xatolar bo‘lgani, qanday yechimlar mavjudligi va 
kelajakda nimalar loyihalashtirilgani bilan qiziqish lozim. Agar gap veb-
sayt ishlab chiqish haqida boradigan bo‘lsa, raqobatchilarning saytlarini, 
poligrafiya mahsulotlarini ko‘rib chiqish, uslublarni tadqiq etish va 
trendlarni tahlil qilish zarur. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling