Kreativ fikrlash


-rasm. Fikrlash dizayni - usulining boshqa usullardan ajralib


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

 
10.1-rasm. Fikrlash dizayni - usulining boshqa usullardan ajralib 
turadigan xususiyatlari
31
 
Dizayn bu – muammoni hal qilishdir. Dizayner bu – muammoni hal 
qiluvchi shaxs. 
31
Mualliflar tomonidan tayyorlangan 
Fikrlash dizayni
 
foydalanuvchi 
tajribasiga 
“sho’ng’ish”
muammoni 
aniqlashga chetdan 
yondashuv
 
harakatlar va xulq-
atvor personal 
senariylariga asosiy 
e’tibor qaratish 


161 
Muammoni hal qilish, samarali yechim topish uchun dastavval 
tadqiqot o’tkazish va muammoni aniq belgilab olish, so’ngra asosiy 
e’tiborni muayyan “og’riqli nuqtalar”ga qaratish, g’oyalar ishlab chiqish 
va ularning orasida eng yaxshilarini tanlab olish, prototip yaratish va 
sinovdan o’tkazish zarur.
Fikrlash dizayni - usuli bu bosqichlar qanday o’tishini, nimalarga 
e’tibor qaratish lozimligi va har bir bosqichda qaysi vositalardan 
foydalanishni tavsiflaydi. 
10.2. Fikrlash dizayni bosqichlari 
Fikrlash dizayni uslubi mualliflari Xasso Plattner va Devid Kelli - 
biznes va boshqaruv amaliyotini an’anaviy muhandislik ta’limi bilan 
birlashtiradigan dizayn - maktabi asoschilari hisoblanadi. Ular fikrlash - 
dizaynini o’ylab topgan deb bo’lmaydi, chunki mohiyatan fikrlash dizayni 
- bu sog’lom fikrdir. Biroq Plattner va Kelli tamoyillarni tushunchaga oid 
konsepsiyaga joylab, brend yaratdi va amaliyot sifatida rivojlantira 
boshladi. Ijodiy jarayon bosqichlarini o’rganib, foydalanuvchini markazga 
qo’yib, biznesni ijodiy jarayon sifatida ifodaladi. Ijodkor shaxslar esa 
biznes vazifalarini yaxshiroq tushuna oladi. 
Shu o’rinda mashhur pedagog, yozuvchi Deyl Kornegining bir fikrini 
keltirib o’tish maqsadga muvofiq: “Qo’lingizga limon tushsa undan 
limonad yasang”.
32
Buning mazmuni aynan bugungi kunda juda dolzarb 
bo’lib bormoqda. Fikrlash dizaynining an’anaviy fikrlashdan asosiy farqi 
tanqidiy tahlil emas, balki jarayonga ijodiy yondashuv bo’lib, kutilmagan 
g’oyalar muammoni yechishning eng yaxshi yo’lini namoyon etishi 
mumkin. 
32
Карнеги Дейл. Муваффақият калити. (Таржимон Ф.Намозов). Т.: Янги аср авлоди, 2013 йил, 634-бет. 


162 
Fikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat:
33
Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere – 
tarqalish) – bitta muammoning ko‘plab yechimlarini izlash. Konvergent 
(lat. sonvergere – to‘planish) – vazifani hal qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan 
aniq foydalanish. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling