Kreativ fikrlash


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

3. G‘OYALAR ISHLAB CHIQISH 
Yaxshi g‘oya emas, keng imkoniyatlar muhim. 
G‘oyalar ishlab chiqish bu – g‘oyalar va yechimlar ishda asosiy 
e’tibor qaratish lozim rejim. 
Fikrlash jarayoni borasida bu bosqich turli xildagi konsepsiyalar va 
muammoning yechimi sifatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan natijalarga 
tarmoqlashish sifatida ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Tasavvur etish – prototiplar va innovasion yechimlar yaratish uchun 
yoqilg‘i va xomashyodir. 


166 
G‘oyalar ishlab chiqish nima uchun kerak. 
G‘oyalar yaratish bu – muammoni aniqlashdan foydalanuvchi uchun 
uning yechimini yaratishga o‘tishdir. 
G‘oyalar ishlab chiqishning turli usullari quyidagilarga imkon beradi: 
− yaqqol ko‘rinib turgan yechimlardan uzoqlashish (innovatsion 
salohiyatni oshirish); 
− jamoaviy qarashlar va jamoaning kuchli tomonlaridan foydalanish;
− ilgari e’tibor berilmagan butun boshli sohalarni ochish
− innovatsion yechimlar hajmi va turli-tumanligini ta'minlash; 
− yaqqol ko‘rinib turgan yechimlarni olib tashlash va uzoqni ko‘ra 
bilish. 
Imkon qadar ko‘proq g‘oyalar berish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish zarur: 
1. Tanqidni istisno qilish. Kishi tanqid eshitganda unda himoya 
reaksiyasi ishga tushadi va qo‘rquv ijodiylik oqimining yo‘lini to‘sib 
qo‘yadi. 
2. Ijobiy muhit yaratish. Do‘stlashing, bir-biringizni qo‘llab-
quvvatlang. Ayniqsa, guruhda boshliq va qo‘l ostidagi xodimlar bo‘lsa. 
3. Turli yo‘nalishdagi ishtirokchilarni to‘plash. Muhokamada turli 
darajada tajribaga ega bo‘lganlar ishtirok etgani yaxshi. 
4. “ha va …” tamoyilidan foydalanish. Bu hamkasblar g‘oyasini 
shubhasiz qabul qiladigan va uni rivojlantiradigan paytda qo‘llanadigan 
usul. Hamma o‘zining g‘oyasini yaxshi ko‘radi va boshqalarnikini rad 
qiladi, o‘zgalarning fikrini eshitish, chin dildan rozi bo‘lish va 
rivojlantirish variantini taklif qilish uchun ichki tuyg‘uni mashq qildirish 
lozim. 


167 
Yetarli miqdorda g‘oyalar yaratilgach, qidiruv maydonini toraytirish, 
oqilona g‘oyalar izlash va eng yaxshi g‘oyalar tanlashga o‘tish mumkin. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling