Kreativ fikrlash
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Kreativ fikrlash
2. FOKUSLASHTIRISH
To‘g‘ri yechim topishning yagona usuli – muammoni to‘g‘ri tushunishdir. Biznes jarayonida fokuslashtirish juda muhim rol o‘ynaydi, chunki odamlar hayoti haqida to‘plangan axborotlardan kelib chiqib, hal qilish lozim bo‘lgan muammoning yorqin ifodasini olishga imkon beradi. Fokuslashtirishning mazmuni – savolni ifodalashdir. Axborotni qayta ishlash. Nuqtai-nazarni ifodalashdan oldin tadqiqotdan keyin olingan axborotni qayta ishlash zarur. 1. Klasterlar: o‘xshash muammolar turlari muhokama qilinadigan guruhlarga ajratish. 2. Shaxs-modellarga ajratish. Shaxs-model bu – sizning servisga xos bo‘lgan foydalanuvchilar. Maqsadli muloqot doirasi quyidagicha aniqlanganda: erkaklar, 25+, daromad o‘rtacha darajadan yuqori – bu umuman hech narsa haqida gapirmaydi. Shu sababli xulq-atvorga oid joylashtirish zarur. Foydalanuvchilarni ijtimoiy-demografik omma emas, 165 muayyan kishilar ko‘rinishida gavdalantirish (vizuallashtirish) asosida siz kim uchun ishlayotganingizni tushunib yeta boshlaysiz. Masalan, uzscience.uz saytidan foydalanuvchilar kim: olimlar, katta ilmiy xodim, ijodiy tadbirkor, jurnalist, dizayner va h.k.o. Ular istalgan yoshda va jinsda bo‘lishi mumkin, lekin ularni ma'lum bir turmush uslubi, xulq-atvor va ehtiyojlar birlashtiradi. 3. Foydalanuvchilarning eng ahamiyatli aniq fikrlarini ko‘chirib olish. Yaxshi nuqtai-nazar: - e’tiborni muammoga qaratadi; - jamoani ilhomlantiradi; - turli g‘oyalarni baholash uchun mezonlar yaratadi; - jamoaga mustaqil va parallel ravishda qaror qabul qilishga yordam beradi; - siz uchrashgan odamlarning aqli va qalbini zabt etadi; - mavhum (boshqarishni samarali tashkil eting kabi) konsepsiyalar o‘rniga amaliy, muayyan konsepsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling