Kreativ fikrlash


X BOB. Fikrlash dizayni (“Design thinking”)


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

X BOB. Fikrlash dizayni (“Design thinking”) 
10.1. Fikrlash dizayni va uning mohiyati 
10.2. Fikrlash dizayni bosqichlari
 
Mavzuni o’zlashtirish jarayonida talaba: 
− fikrlash dizayni va uning mohiyati, fikrlash dizayni bosqichlari 
haqida tasavvur va bilimga
− fikrlash dizaynini qo’llash va undan samarali foydalanish 
ko’nikmalariga
− hayot va faoliyatda muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish 
uchun fikrlash dizaynidan foydalanish malakasiga ega bo’ladi. 
 
10.1. Fikrlash dizayni va uning mohiyati 
Mamlakatimizda “dizayn” termini ishlatilayotganiga juda ko’p vaqt 
bo’lgani yo’q. Inglizchadan tarjima qilganda “dizayn” rasm chizishni 
bildiradi. 
Bunga 
qadar 
narsalarni 
loyihalashtirish 
“badiiy 
konstruksiyalash”, narsalarni yaratish nazariyasi esa “texnik estetika” deb 
atalib kelinardi. “Dizayn” so’zi yasama tushunchalar: “dizayner” - rassom 
konstruktor, “dizayn – forma” - buyumning tashqi ko’rinishi 
tushunchalarini vujudga keltirdi va hokazo. 
Sanoat ishlab chiqarishi sharoitida ishlab chiqaruvchilar tovar va 
mahsulotlar tashqi ko’rinishining jozibadorligi, xilma-xilligi shuningdek 
mahsulot ishlatilishidagi sifati va qulayligi kabi jihatlariga alohida e’tibor 
qarata boshladilar. Natijada nafaqat iste’molchi talablariga javob beradigan 
jozibador tashqi ko’rinishga ega mahsulot formasini yarata oladigan balki 
konstruktorlash masalalari va mashina ishlab chiqarish texnologiyasini 


160 
yaxshi tushunadigan maxsus mutaxassisga ehtiyoj vujudga keldi. Amaliyot 
shuni ko’rsatadiki, faqatgina injenerlik-texnikaviy va badiiy masalalar 
kompleks hal etilsagina raqobatbardosh mahsulot yaratish mumkin. 
Dunyoning yirik kompaniyalari Healthcare, Procter & Gamble i Philips 
Electronics, IBM, General Electric, Toyota, Samsung, LG kabilar 
allaqachon boshqaruv jarayonini tashkil etish va mahsulot ishlab 
chiqarishda fikrlash dizaynidan samarali foydalanib kelmoqdalar. 
Fikrlash dizayni - foydalanuvchiga yo’naltirilgan mahsulot, servis va 
xizmatlar ishlab chiqishdir. Fikrlash dizayni - doimo birinchi o’ringa 
foydalanuvchi so’rovlarini qo’yadi va faqat shundan keyingina texnik 
amalga oshirish imkoniyatlari va iqtisodiy imkoniyatlarga e’tibor 
qaratiladi.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling