Kredit haqida Kredit resurslarining
Download 29.55 Kb.
|
Kredit va uning mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat krediti
- Ipoteka krediti
- Xalqaro kredit
Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.
Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi. Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi. Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi. Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi. Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda. Kreditning tijorat, bank, davlat, isteʼmol, xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor. Tijorat Krediti — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt tomonidan beriladi va, odatda, veksel bilan rasmiylashtiriladi. Bank Krediti — jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining forfeyting , faktoring , haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari bor. Davlat Krediti — davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatida bank tizimi orqali byudjetdan tarmoq, hudud, korxonalarni kredit ajratib moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada ichki davlat qarzi, chet davlatlardan olingan Kreditlar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. Isteʼmol Krediti — aholiga isteʼmol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi harajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro Kredit — muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqalar qimmatli qogʻozlariga fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish. Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi. Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, Kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga Kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan Kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega. Mamlakatda Kredit tizimi faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12), "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga solinadi. Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi. Kredit munosabatlari ikki subʼekt oʻrtasida, yaʼni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi oʻrtasida yuzaga keladi. Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subʼektlari hisoblanadi. Sanab oʻtilgan subʼektlarning aynan har biri bir vaqtning oʻzida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi oʻrnida chiqishi mumkin. Kredit munosabatlarining obʼekti jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va pul mablagʻlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Shu bilan birga doiraviy aylanish jarayonida muqarrar suratda vaqtincha boʻsh turadigan pul mablagʻlari va boshqa pul resurslari kredit mablagʻlarining manbaini tashkil qiladi. Download 29.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling