Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv


Download 0.68 Mb.
bet1/18
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503196
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)


KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV


Mundarija


  • Kirish………………………………………………………………………..

  • I bob. Kredit bahosi va uning nazariy-huquqiyasoslari……………………………………………………………………………..

  • 1.1.Kredit bahosimexanizmining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati…………………………………………………………………………….

  • 1.2. Kredit bahosining nazariy-huquqiy asoslari………………………………..........……………………………………….

  • II bob. Kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar taxlili………………………………………………………………………………..

2.1. Kredit bahosi mexanizmiga ta`sir etuvchi omillar va uning taxlili………………………………...........................................................................
2.2. Respublikamiz Tijorat banklarining kredit siyosati va kredit portfeli taxlili…………………………………………………………………………………

  • III bob. Tijorat banklarida kredit bahosini takomillashtirishyo`llari

  • vaistiqbollari………………………………………………………………

  • Xulosa……………………………………………………………………….

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  • .



































  • KIRISH

  • Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida iqtisodiy sektorda, xusasan bank-moliya tashkilotlarida tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bugungi kun taraqqiyotida iqtisodiyotning poydevori sifatida tijorat banklari muhim ahamiyat kasb etmoqdaki, bozor iqtisodiyotiga tobora chuqurlashib borayotgan hamda jahon hamjamiyatida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lgan O'zbekistonda ham bu jarayon o'z aksini qaror toptirmoqda.

  • Har qanday taraqqiyot jarayoni qarama-qarshiliklar, muammolar asosida mukammallashib boradi. Mamlakatimiz banklari taraqqiyoti jarayonini ham muammolardan xoli deb bo’lmaydi. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish biz yoshlardan ijodiy izlanishni talab etadi.

Xususan, prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: « Ko‘rib turganingizdek, oldimizda o‘ta muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Ularni faqat o‘z kuchimiz va imkoniyatlarimizga tayangan holda hal qilmasak, chetdan birov kelib hal qilib bermaydi. Eng muhimi, shu borada eskicha qolip va yondashuvlardan butunlay voz kechishimiz kerak. Bugungi zamonning talabi shuki, endi eskicha ishlab, eskicha yashab bo‘lmaydi1».
Shuni ta'kidlash joizki, davlatimiz mustaqilikka erishganidan buyon respublikamiz hukumati tomonidan bank tizimini isloh qilish, uning infratuzilmasini rivojlantirish va bank xizmatlar ko'rsatishni jahon andozalariga etkazish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy munosabatlardagi yangiliklar eng avvalo bank tizimini bozor talablariga javob beradigan holda qayta qurishni talab etadi.
Respublikamiz bank amaliyotida kreditlash shakllaridan keng foydalanish mijozlarning kreditlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirishga banklarning kredit operatsiyalari ko’lamini kengaytirishga kredit riskini ma’lum darajada minimallashtirishga va nihoyat, banklarning kredit operatsiyalaridan oladigan daromadlari oshishiga olib keldi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyotning real sektorini kreditlash tijorat banklarining muhim daromad manbaiga aylangan. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta`minlashga mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko`rsatish, xo`jalik yurituvchi subyektlarga bank kreditlari berish amaliyotini takomillashtirish orqali erishish mumkin.Tijorat banklari faoliyat natijalari va banklar tamonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo`naltirilgan hajmi ularga belgilanadigan baho darajasiga bog`liq.Shu jihatdan, bugungi kunda bank amaliyotida muhim o`rin kasb etadigan kredit bahosi haqida mavzuni yoritishga harakat qilib ko`ramiz. Mavzu doirasida kredit bahosi, uning paydo bo`lishiga ta`sir etuvchi nazariy va ilmiy asoslar, iqtisodchilar tamonidan uni talqin etilishi, kredit bahosiga ta`sir etuvchi omillar klassifikatsiyasi, kredit bahosi mexanizmining tahlili va uni yanada rivojlantirish strategiyalarini ko`rib chiqamiz.
Tanlangan mavzusining dolzarbligi ham shundaki, iqtisodiyot turli sohalarining moliyaviy resurslarga bo’lgan talabini qondirish orqali ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmining yuqori sur’atlar bilan o’sishini ta’minlashda tijorat banklari tomonilan beriladigan kreditlar muhim ahamiyatga ega. Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning turli sohalariga ajratilayotgan kreditlarning o’sish dinamikasi aynan tijorat banklarining kreditlash salohiyatiga, banklarning kapitallashuv darajasiga va tijorat banklari tomonidan jalb qilinayotgan moliyaviy resurslarning nechog’lik barqarorligiga bevosita bog’liq hisoblanadi.

  • Biz bilamizki, banklar pul mablag`lari harakatida vositachilik qiluvchi tashkilot sifatida jalb qilingan resurslarni yuqoriroq foiz stavkada mijozlarga taklif etadi va shuning orqasidan foyda ko`radi. Lekin, tijorat banklari amaliyoti tahlili shuni ko`rsatadiki, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasi bilan aholining muddatli omonatlari foiz stavkalari o`rtasida salbiy farq mavjud, yani tijorat banklari tamonidan yuqori foizlarda mablag`larni jalb qilib, past foiz stavkalarda ularni mijozlarga taqdim qilish holatlari bu uning salbiy tamonidir.


  • Download 0.68 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling