Kredit mexanizmi, tarkibi elementlari, ilmiy va nazariy yondashuv
-jadval. Foiz stavkasiga ta’sir etuvchi omillar
Download 0.68 Mb.
|
KREDIT MEXANIZMI, TARKIBI ELEMENTLARI, ILMIY VA NAZARIY YONDASHUV (1)
2-jadval.
Foiz stavkasiga ta’sir etuvchi omillar21
Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasimilliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Ssuda foiziga ta’sir etuvchi omillarning xalqaro-valuta va moliya-kredit munosabatlari bilan bog‘liqligi tufayli foiz stavkasining darajasi milliy stavkalardan birmuncha farq qiladi. Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez o‘zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflatsiyaning kuchayishi, valuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi. Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: qarz oluvchining mamlakatdagi valuta, moliya-kredit, iqtisodiy va siyosiy ahvol; loyiha riski xarakteri; kredit manbalari; kredit qiymatini tartibga solish bo‘yicha xalqaro kelishuvlar; foiz stavkasi turlari (suzib yuruvchi, qat’iy va aralash); raqobatdagi takliflarning mavjudligi; kredit muddati; inflatsiya sur’ati; kreditning tijorat operatsiyalariga bog‘liqligi; jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati; qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati; kreditning ta’minot sifati; kredit bo‘yicha sug‘urta qoplamasinining mavjudligi; qarz oluvchining olingan kreditdan kelishilgan muddatda foydalanish majburiyatining mavjudligi; tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt; bitim summasi; kredit va to‘lov valutasi; valuta kursi dinamikasi va boshqalar. Quyidagi jadvalda kredit bahosiga ta`sir qiluvchi tashqi omillarni ko`rib chiqamiz. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling