Kristallografiya va mineralogiya
Eritmalardan kristallarni hosil bo‘lishi
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
1.3. Eritmalardan kristallarni hosil bo‘lishi Kristallarni eritmada shakllana boshlashi uchun shu muhitda (muayyan harorat va bosimda) o‘sha eritma o‘ta to‘yingan bo‘lishi kerak. Ma’lumki 100 sm 3 hajm birligidagi suyuqlikni (erituvchini) to‘yintirish uchun eritilishi zarur bo‘lgan modda miqdori o‘sha moddaning eruvchanligi deyiladi va bu miqdor asosan haroratga (bosim deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi) bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Harorat ko‘tarilishi bilan u ko‘pincha ortib boradi, ba’zan esa kamayishi ham mumkin (Masalan: Na 2 CO 3 , NaF va hokazo). Masalan, achchiq tosh 40º gacha isitilgan 100sm 3 chuvda 30,92 g miqdorda eriydi, eritmaning temperaturasi 20º gacha sovitilar ekan, o‘ta to‘yingan eritmaga aylanadi. Chunki bu temperaturada achchiq toshning 15,13 g miqdorida erishi mumkin edi. Demak, temperaturasi pasaytirilgan eritmada 15,79 g. ortiqcha erigan modda bor. Bu ortiqcha erigan modda ma’lum paytgacha eritmadan cho‘kmagan holda saqlanishi, keyinchalik vaqt o‘tishi bilan kristall “kurtakchalar” hosil qilib, birmuncha yiriklashgandan so‘ng cho‘kishi mumkin. (1.1-jadval) Tayyorlangan to‘yingan eritma o‘sha temperaturada vaqt o‘tishi bilan erituvchining bug‘lanishi natijasida o‘ta to‘yingan eritmaga aylanadi. Bunda erituvchining o‘zi bug‘lanib kamayadi, erigan modda esa bug‘lanmaydi va deyarli kamaymaydi. To‘yingan eritmadagi yaxshi eruvchan moddalar orasidagi borayotgan kimyoviy reaksiyalar natijasida qiyin eruvchi modda hosil bo‘lar ekan, bu eritma shu qiyin eruvchi modda uchun o‘ta to‘yingan eritma bo‘lib qoladi. Masalan K 2 SO 4 bilan BaCl 2 kabi yaxshi eruvchan tuzlar eritmasi bir-biriga qo‘shilar ekan 2KCL bilan BaSO 4 hosil bo‘ladi. BaSO 4 qiyin eruvchan tuz bo‘lganligi uchun u eritmadan kristallar holida cho‘kadi. To‘yinmagan eritmalardan kristallar hosil bo‘lmaydi, aksincha Shunday eritmaga tushirilgan kristallarning o‘zi erib ketadi. 10 To‘yingan eritmada kristall hosil bo‘lib cho‘kmaydi ham, erimaydi ham. Tabiatda ham, sanoatda ham o‘ta to‘yingan eritmalardan juda ko‘p kristallangan moddalar hosil bo‘ladi. Masalan, osh tuzi qatlamlari, qalay tuzi, glauber tuzi va boshqalar tabiiy shur suvli ko‘llarda cho‘kadi. 1.1-jadval Tuzlarning eruvchanligi (100 sm 3 suvda gramm hisobida berilgan) Tuzlarning nomi Harorat 0 0 10 0 20 0 30 0 40 0 Alyuminiy- kaliyli achchiqtosh 3,90 9,52 15,13 22,01 30,92 Mis kuporosi (to‘tiyo) 31,61 36,95 42,31 48,81 56,90 Magniy sul’fat 76,9 96,5 119,5 146,3 179,5 Natriyli selitra 73,0 80,6 88,5 96,6 104,9 Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling