Kristallografiya va mineralogiya
Download 6.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Kristallografiya va Mineralogiya darslik
Nazorat savollari: 1. Kristall nima? 2. Kristallar amorf moddalardan qanday farq qiladi? 3. Amorf degani nima? 4. O‘ta to‘yingan eritma qanday hosil bo‘ladi? 2. Simmetriya elementlari Har qanday kristall shaklining o‘zi uchun hos simmetriya elementlari bo‘lib, kristall shaklining qay darajada simmetrik tuzilganligi haqida shu kristallda aniqlangan simmetriya elementlarining turiga va soniga qarab xulosa chiqariladi. Shunga qarab ular ma’lum tartib bilan sinflarga ajratiladi. Biz bu yerda faqat cheklangan geometrik shakllar uchun makro (ko‘zga ko‘rinadigan) simmetriya elementlarini ko‘rib o‘tamiz, cheksiz uzluksiz davom etadigan shakllar uchun hos mikro (ko‘zga ko‘rinmaydigan) simmetriya 11 elementlari haqida keyingi boblarida eslatib, umumiy tushunchalarnigina keltiramiz. Shunday qilib, kristall o‘xshash – teng qismlardan iborat shakl. Shu o‘xshashlik va tenglikni ma’lum geometrik vositalar bilan izohlash mumkin. Bunday geometrik vositalar tekislik, to‘g‘ri chiziq yoki nuqta bo‘lishi mumkin. Agar kristallning o‘xshash teng qismlardan iborat ekanligi tekislikka nisbatan aniqlanar ekan, o‘sha tekislik simmetriya tekisligi, to‘g‘ri chiziqqa nisbatan aniqlanar ekan, u chiziq simmetriya o‘qi va nihoyat, nuqtaga nisbatan aniqlanar ekan, bu nuqta simmetriya markazi deyiladi. Simmetriya elementlari quyidagi simmetriya markazidan boshlab ta’riflanadi. 1. Simmetriya markazi. Kristall shaklining orasida – markazida, undagi simmetriya o‘qlari (agar ularda mavjud bo‘lsa) kesishgan o‘rnida joylashgan deb tasavvur etiladigan nuqta bo‘lib, shu nuqta simmetriya markazi bo‘lar ekan, u holda kristal shaklining har qaysi uchi, qirrasi va yonlari qarama-qarshi tomonda o‘ziga mos, o‘xshash va teng uch, qirra va yonlarga, ya’ni o‘z aksiga ega bo‘ladi. Demak, simmetriya markazi kristall shaklining har bir elementi aksini qarama- qarshi tomonga qaytarib-ko‘chirib beradigan nuqtadir. a) b) Download 6.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling