Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Tosh qotgan organizmlar qoldiqlarining qatlam lard a mavjud


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

Tosh qotgan organizmlar qoldiqlarining qatlam lard a mavjud 
emasligi (“soqov” qatlamlar omili)
Tabiatda 
tosh 
qotgan 
organizmlar 
qoldiqlarini 
o ‘zida 
qamramagan cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlari ham uchrab turadi. 
Bunday qatlamlar paleontologik “soqov” qatlamlar deb ataladi. 
Bunday stratigrafik birliklarning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab 
bo‘lishi mumkin:
1) cho‘kma to ‘planishining teran chuqurliklarda (batial) ro‘y 
berishi;
2) dengiz 
tubiga 
yaqin 
suvlarning 
vodorod 
sulfiddan 
zararlanishi;
3) suv osti vulqon faoliyati o ‘choqlarining yaqin joylashganligi, 
buning natijasida suv haroratining oshishi va vulqon mahsulotlari 
bilan zaharlanishi;
4) suvli muhitning o ‘ta sho‘rlanishi (“o ‘lik” dengiz tipida);
5) cho‘kma cho‘kish jarayonining katta tezlikda ro ‘y berishi;
6) cho‘kmaning tog‘ jinsiga aylanishi jarayonida jonivorlar 
chig'anoqlarining erib ketishi;
Ushbu sabablarning qaysi biri ro ‘y berganligini litologik tahlil 
natijalari ko ‘rsatadi.
Tosh qotgan organizmlarning qoldiqlari bo ‘yicha qadimgi 
geologik epoxalarning tabiiy-geografik sharoitlarini aniqlash o ‘ziga 
xos murakkab masaladir. Uni oydinlashtirishda litologik va 
paleontologik belgilar birgalikda kompleks o ‘rganiladi va shuning 
asosida xulosa qilinadi. Ayniqsa, jonivorlarning sistematik tarkibi
ayrim guruhlam ing boshqalariga nisbatan m iqdor ko‘rsatkichi, 
suyakli jonivorlarning morfologik xususiyatlari, qoldiqlarning 
yo ‘nalishi va saqlanishi darajasi, ularning tog‘ jinslarida tarqalishi 
tendensiyasi kabi masalalardan iborat paleontologik xususiyatlar 
masalani hal etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Sanab o ‘tilgan 
belgilardan alohida olingan har biri dengiz jonivorlari yashagan 
tabiiy sharoitlarni va shunga mos ravishda cho‘km a cho‘kishning 
o ‘ziga xos jihatlarini aks ettirishi mumkin. M asalan, turlar 
tarkibining boy emasligiga quyidagilar sabab bo ‘lishi mumkindir:
1) 
Havza suvi sho‘rlanishi darajasining o ‘zgarishi (suvning 
chuchuklashishi yoki sho‘rlanishi);
33


2) Uncha chuqur bo‘lmagan zonalarda suv haroratining keskin 
past bo‘lishi;
3) cho‘kma tushish havzasining katta chuqurlikka egaligi;
4) Havza tubidagi suv qatlamida kislorod miqdorining vaqti- 
vaqti bilan pasayib turishi;
5) Havzada suvning yuqori darajada harakatlanib (to ‘lqinlanib) 
turishi va h.k.
Geologik 
kesmalarda 
yuqorida 
tavsiflanganidek 
“soqov” 
qatlamlarning
mavjudligi ham o ‘ziga xos geologik axborot manbayi bo‘lib 
hududning geologik rivojlanish tarixini tiklashda o ‘ziga xos rol
o ‘yriaydi.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling