Kulon qonuni. Elektrostatik maydon kuchlanganligi. Dipol maydoni


Barcha nuqtalarida maydon kuchlanganligining ham yo`nalishi, ham kattaligi bir xil bo`lgan (


Download 0.81 Mb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1489536
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kulon qonuni. Elektrostatik maydon kuchlanganligi. Dipol maydoni-fayllar.org

Barcha nuqtalarida maydon kuchlanganligining ham yo`nalishi, ham kattaligi bir xil bo`lgan ( ) elektr maydoniga bir jinsli maydon deyiladi.

Bir jinsli maydonga bir tekis zaryadlangan tekislik va yassi kondensator qoplamalari chekkasidan uzoqroqdagi elektr maydonlari misol bo`la oladi.

Superpozitsiya prinsipi Q1, Q2,Qn harakatsiz zaryadlar sistemasi hosil qiladigan elektrostatik maydonning har bir nuqtasida kuchlanganlik vektori ning qiymati va yo`nalishini aniqlash kerak bo`lsin.Buning uchun mexanika bo`limida foydalanilgan kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipidan foydalanamiz: ya’ni sinash zaryadi Qs ga maydon tomonidan ta’sir etadigan kuch,unga har bir Qi zaryad tomonidan ko`rsatiladigan i kuchlarining vektorial yig`indisiga teng:





Hosil bo’lgan bu ifoda elektrostatik maydon uchun superpozitsiya prinsipi deyiladi.Zaryadlar sistemasi hosil qiladigan maydon kuchlanganligi , shu nuqtada har bir zaryad alohida hosil qiladigan maydonlar kuchlanganliklarining geometrik yig`indisiga teng.

Superpozitsiya prinsipi istalgan harakatsiz zaryadlar sistemasining elektrostatik maydonini hisoblashga imkon beradi.
Ikki zaryad maydonining kuchlanganligi. Eng sodda hol ikkita zaryad hosil qilgan maydonning A nuqtadagi kuchlanganligini aniqlashdir. Superpozitsiya prinsipiga asosan




b u yerda zaryadlar sistemasining A nuqtadagi kuchlanganligi, 1 va 2 lar mos ravishda Q1 va Q2 zaryadlarning shu nuqtada hosil qilgan maydon kuchlanganliklari. vektorning moduli kosinuslar teoremasiga asosan aniqlanadi.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling