Kurash boʻyicha musobaqa qoidalari reja: Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot
Kurash musobaqasining umumiy qoidalari
Download 110 Kb.
|
Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot Kurash musobaqasining umumiy q
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSH HAKAM
Kurash musobaqasining umumiy qoidalariHar bir musobaqada muayyan tartibga, qoidaga rioya qilish lozim. Bu tartib va qoidalar har bir mamlakatda o’tkaziladigan xalqaro turnirlar, qit’alar birinchiliklari, jahon birinchiligi va olimpiya o’yinlari dasturiga kurash musobaqalari Xalqaro kurash assotsatsiyasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar tomonidan amalga oshiriladi. Biz yuqorida hakamlar hay’atining tarkibini keltirdik, ularning faoliyat mazmuni quyidagilardan iborat: BOSH HAKAM:1.1. Bosh hakam yordamchilari, ularning soni gilamlar sonidan bir kishiga ko’p: bosh kotib va gilamlar kotiblari; gilamdagi hakamlar va gilam chetidagi hakamlar; hakam sekundameristi; tablodagi hakam; hakamlarni almashtiruvchi hakam gilamlar soniga qarab belgilanadi; shifokor; e’lon qiluvchi hakam; musoboqa komendanti. 2. Bellashuvni boshqaruvchi hakamlar: bellashuvni olib boruvchi hakam, bosh hakam yordamchisi; gilamdagi hakam; gilam chetidagi hakamlar, ikki kishi; hakam sekundameristi; kotib; tablodagi hakam; hakamlarni almashtiruvchi hakam; e’lon qiluvchi hakam; nazoratchi hakam. Ba’zi bir hollarda o’rtadagi hakam, chеtdagi bir hakam bilan yoki uning o’zi gilamdagi kurashni boshqarishi mumkin. Har bir hakam hakamlik guvohnomasiga, hakamlik kiyimiga, oq ko`ylak, qora kostyum, shim va galstukga ega bo’lib, kurash qoidalarini mukammal bilishi shart. Hakamlarning vazifalari Musobaqada hakamlar kurash gilamga chiqqanlarida, o’rtadagi hakam qo’lini ko’ksiga qo’yishi bilan chеtdagi ikki hakam ham qo’lini ko’ksiga qo’yish barobarida tomoshabinlarga va bosh hakamga qarab egilib ta’zim qiladilar. Hakamlar harakati bosh hakam va hakamlar hay’ati tomonidan nazorat qilib boriladi. Agar ular musobaqaning o’tkazish Nizomiga yoki kurash qoidalariga rioya qilmasalar hakamlik huquqidan mahrum qilinib, ushbu musobaqadan chеtlatiladi va ular xatti-harakatlari hakamlar hay’atida ko’rib chiqilib, hay’at qarori tеgishli tashkilotlarga ma’lum qilinadi. Download 110 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling