Baliqdan tayyorlanadigan taomlar sifatiga qo'yiladigan talablar
Qaynatib pishirilgan baliqlar o'z shaklida bir xil yumshoqlikda pishgan bo'lishi, rangi, mazasi. hidi tayyorlangan baliqqa xos va ziravor, ko'katlar xushxo'rligiga ega bo'lishi kerak. Baliq bilan beriladigan sardaklar uning ustiga quyilgan holda yoki alohida sardak idishda berilishi kerak.
Dimlab pishirilgan baliqlar bir xil yumshoqlikda pishgan, o 'z shaklini saqlab qolgan bo'lishi kerak. Qovurilgan baliqlar ustki qobig'i sarg'ishdan to qizg'ish ranggacha bo'lib, yumshoq qovurilgan, tuzi me'yorida. kuymagan, xushxo'r bo'lishi lozim. Hamirga botirib ciovurilgan baliq likopchaga chiroyli qilib bezatib, gamir sifatida ko'p yog'da qovurilgan kartoshka, limon, ko'katlar bilan birga berilishi mumkin. Baliq yaxshi qovurilgan, yumshoq bo'lishi, hamiri g'ovak, xushxo'r, yuzi bir xil sarg'ish rangli. K o 'p yog'da qovurilgan baliqlar quyib ketmasligi kerak. Yopilgan baliq taomlari yuzida sarg'ish yoki qizg'ish qobiq bo'Iib. sardakiari quyuqlashgan, lekin qurigan yoki qotgan bo'lmasligi, yumshoq bo'lishi kerak. Yopilgan baliq kuygan yoki idishga yopishib qolmagan bo'lishi kerak. Baliq kotleti o'z shaklini saqlagan, yorilmagan, bo'lakka boiinmagan bo'lishi kerak. Yuzasi bir lekis qizg'ish qobiq hosil qilgan. kesilganda ichidagi rangi oqdan to och kulranggacha, yumshoq g'ovok holda bo'lishi kerak. Baliqdan tayyorlangan taomlarni uzoq muddat saqlash mumkin emas. Qaynatilgan baliqlarni 30 daqiqa. qovurilgan baliqlarni 2-3 soat marmitda yoki plita ustida saqlash mumkin. 6-8°C darajada sovutilgan baliqlarni 12soat davomida saqlash mumkin.
Baliqdan tayyorlananadigan salatlar
Baliqdan yaxna taomlar tayyorlash uchun pishirilgan baliq yoki konservalangan baliqlar, tuzlangan baliqlar ishlatilishi mumkin.
Baliqli salat
Masalliqlar me’yori: baliq go'shti 127 gr, kartoshka 55gr, sabzi 38 gr, tuzlangan bodring 24 gr, ko‘k no'xat 15 gr, mavonez 30 gr. Chiqish: 150 gr.
1. Qaynab pishirilgan baliqni suyak va qiltanoqlaridan tozalanib, kubcha shaklida to'g'raladi.
2.Qaynatib pishirilgan kartoshka va sabzini ham kubcha shaklida to'g'raladi.
3. Tuzlangan bodring kubcha shaklida to'g'raladi.
4.To'g'ralgan baliq va sabzavotlar. ko'k no'xotni solib aralashtiriladi, tuzi rostlanadi, ustiga mavonez quyib qorishtiriladi.
5. Tayyor baliq salati salat idishlarga solinib, ustini ko'katlar bilan bezatilib. dasturxonga totiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |