Kurs ishi bajardi: 20. 15 guruh talabasi B. Fozilova Ilmiy rahbar: M. Ahmedov. Farg‘ona-2022 mundarija


Baliqning qaysi turi eng foydali hisoblanadi?


Download 252 Kb.
bet5/17
Sana13.02.2023
Hajmi252 Kb.
#1194577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Barno Kurs ishi - для слияния

Baliqning qaysi turi eng foydali hisoblanadi?
Bizda asosan daryo balig‘i iste'molda bo‘lgani uchun - zog‘orabaliq (sazan), ilonbaliq, laqqabaliq, olabug‘a, cho‘rtanbaliq, bakra, paltus, tovonbaliq go‘shtini yeyish tavsiya etiladi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, insultdan keyingi davr, qonda xolesterin darajasi ko‘tarilganda, kamqonlik, suyak sinishlari, behollik va jismoniy zo‘riqishda, nevroz, jinsiy zaiflikda, buqoq, teri kasalliklari (ayniqsa teri quruqlashib, po‘st tashlaganda), podagra va revmatizmda, ko‘rish qobiliyati pasayganda bu jonzotning go‘shti koni foydadir. Dengiz balig‘ini esa konserva yoki marinadlangan, tuzlangan yoki dudlangan ko‘rinishdagi iste'moli organizmga uncha foyda qilmaydi.Baliq iste'mol qilishning minimal me'yor miqdori bir yilda bir kishi uchun 12 kilogrammni tashkil qiladi. Respublikada 32 milliondan ziyod aholining baliq iste'mol qilish me'yori 384 ming tonnani tashkil etadi.
Baliq moyining foydasi nimada?
Baliq moyida 30 foizgacha omega-3 bo‘ladi. Bu yog‘li kislotalarning o‘rnini hech narsa bosolmaydi: ular organizm uchun zarur, biroq u mazkur kislotalarni mustaqil sintez qilolmaydi. Shuning uchun uni ovqatdan olishi lozim.Aynan shuning uchun ham omega-3 kislotalari yurak qon-tomir kasalliklarini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha xalqaro tibbiy tavsiyalarga kiritilgan. Bu amerikaliklarning baliq yog‘i uchun yiliga milliard dollardan ortiq pul sarflashining sabablaridan biri.
Baliq moyi ehtimol, yurak salomatligini yaxshilaydi
Turli olimlar aniq bog‘liqlikni belgilashgan: odam qancha ko‘p baliq iste'mol qilsa, yurak kasalliklariga duch kelish ehtimoli shuncha kamayadi.
Ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydi
Miyaning deyarli 60 foizi yog‘dan iborat, uning katta qismi omega-3 bilan bog‘liq. Shuning uchun ham olimlar omega-3 kislotalari kulrang moddaning normal faoliyati uchun zarur deb hisoblaydilar.
Vaznni kamaytirishda yordam beradi
Baliq moyili qo‘shimchalar vaznni kamaytirishda haftasiga uch marta 45 daqiqadan sport bilan shug‘ullanish kabi yordam beradi.

Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling