Kurs ishi bajardi: 20. 15 guruh talabasi B. Fozilova Ilmiy rahbar: M. Ahmedov. Farg‘ona-2022 mundarija


I BOB.BALIQ HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT


Download 252 Kb.
bet4/17
Sana13.02.2023
Hajmi252 Kb.
#1194577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Barno Kurs ishi - для слияния

I BOB.BALIQ HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
1.1.Baliqning foydali va zararli xususiyatlari
Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste'mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi.
O‘zida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go‘shtini ko‘p yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqdan ko‘plab foydali moddalar, shuningdek organizm uchun zarur bo‘lgan Omega - 3 yog‘ kislotalari mavjud. Ular quyidagi foydali xususiyatlarga ega.

Shuningdek, baliqni iste'mol qilish bir qancha kasalliklarga koni foyda hisoblanadi: yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, uyquni yaxshilaydi, revmotoid artritni yengillashtiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, nevrologik kasalliklarda, erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, jigar uchun foydali hisoblanadi. Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch to‘kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz.


Odatda, daryo balig‘ini qovurib iste'mol qilamiz. Ammo bunda yurak va tomirlarga qancha zarar borishini bilasizmi? Bu ko‘rinishda baliq nafsni siylagani qoladi. Organizmga foyda berishi uchun bugundan boshlab baliqni ziravorlar qo‘shib qaynatma sho‘rvaga solib, yoki gaz pechida pishirib, kotlet tayyorlab yeyishga o‘rganing. Ammo qovurma baliqqa ko‘ngil ketaversa, zaytun moyida yengil qovurib, dimlab qo‘ygan ma'qul, vitamin-minerallari saqlanib, tanga darmon bo‘ladi.Baliq olayotganingizda avvalo uni tanlay bilish lozim, yangi tutilgan, sarxil baliqning et qismi oq yoki nimpushti, turiga qarab qizil rangda bo‘ladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib ko‘ring, ezganda xuddi rezinka singari o‘z holiga darrov qaytsa, u yangi. Yana hidiga ham ahamiyat bering, o‘tkir hidli, go‘shti yashil yoki sarg‘ish bo‘lsa, yaqinlashmang. Sovutgichda xom baliq 3 kun, muzxonada bir necha oygacha bemalol saqlanishi mumkin.Baliqning go‘shtidan tashqari uning moyi ham organizm uchun koni foyda hisoblanadi.
Baliq moyidagi D vitamini organizmga kalsiy va fosforning o‘zlashishini faollashtiradi. D vitaminisiz kalsiyga boy mahsulotlar ham foydasiz bo‘ladi. Ayniqsa, qish mavsumida. Chunki D vitamini quyosh nuri ta'sirida organizmga sintezlashadi. Bundan tashqari, D vitamini asab sistemasini tinchlantiradi va tutqanoq tutib qolishidan asraydi.
Baliq moyidagi retinol yiringlagan yarani davolaydi.
Retinol — A vitamini ko‘z, shilimshiq bezlar, shilliq pardalar, teri qoplami, soch ildizi, tirnoq qatlami va jarohatli organlar uchun tengsiz shifobaxsh elementdir. Ma'lumki, yuqorida keltirilgan organizmlarda A vitamini yetishmasligi oqibatida quruqlashish, yorilish, yallig‘lanish va po‘st tashlash holatlari kuzatiladi. Bu holatdan qutulish uchun esa sizga baliq moyi yordam beradi. Hattoki gazaklagan, yiringlagan jarohatni davolash uchun ham bu moydan foydalanish mumkin. U yiringni tozalab, jarohatning tez bitishiga yordam beradi.
Soch va tirnoqlarni o‘z holiga qaytarish uchun ham baliq moyidan foydalanish mumkin. Buning uchun undan har kuni 1 mahal, uxlashdan oldin soch va tirnoqlaringizga niqob tortsangiz, kifoya.
A provitaminining yordami bilan tanadagi allergiyani ham daf qilish mumkin. Buning uchun allergiya toshmalariga baliq moyi surtsangiz, undan xalos bo‘lasiz.
Baliq moyi ozdiruvchi va yoshartirish xususiyatiga ham ega.
Yaqinda olimlar baliq moyining ortiqcha vazndan xalos etish qudratiga egaligini aniqlashdi. Bu esa uning bahosini yanada ko‘tardi. Buning uchun 2-3 oy davomida har kecha uxlashdan oldin baliq moyidan 1 choy qoshiqcha yoki dorixonalardagi kapsulalardan 1 donadan ichib yotsangiz, kifoya.Bundan tashqari, baliq moyi yoshartiruvchi va surunkali kasalliklarni daf qiluvchi modda sifatida qadrlanadi.
Kuz-qish mavsumida bu darmondorini ovqat payti yoki undan keyin, bir yoshli bolaga 1 choy qoshiqdan, maktab yoshidagi bolalar esa kuniga bir mahal bir osh qoshiqdan qabul qilishi mumkin. Hozirda baliq moyi foydalanishga qulay kapsula ko‘rinishida ham ishlab chiqarilmoqda. Shisha idishdagi va kapsuladagi moyning tarkibi bir xil. Baliq moyini to‘xtovsiz 4 hafta qabul qilib, keyin orada ikki hafta tanaffus qilinadi. Chunki baliq o‘zida shuncha darmondori saqlash barobarida odam sog‘lig‘i uchun zararli simob kabi moddalarni ham yig‘ib borishi mumkin. Shuning uchun, baliq yoki uning moyini uzluksiz bir oy yeb, keyin biroz dam olish kerak. Shu tariqa bolalar va keksalarga uni sentabr oyidan may oyiga qadar berib borishingiz mumkin.Baliq quyidagi kasalliklari bor insonlarga tavsiya etilmaydi.Allergik xastaliklar, qonda kalsiy darajasi yuqori bo‘lgan odamlarga, buyragi tez-tez og‘riydigan bemorlarga, o‘pka silida baliq unchalik tavsiya etilmaydi.
Baliqning boshi yoki ko‘zini yeyish mumkinmi?
Ko‘plar baliq boshini yeyishga ishtiyoqmand bo‘ladi. Ba'zilar esa bunga jazm qilolmaydi. Albatta, baliq boshida xuddi tanasi kabi foydali darmondorilar bor. Lekin baliq o‘ziga tez gijja ilg‘ab olishini ham inobatga olish kerak. Gijjaning aksariyat qismi aynan boshda to‘planadi. Shuning uchun baliq boshini yemoqchi bo‘lsangiz, qovurishdan avval, tuzli suvda obdon ivitib, suvda 1 soat qaynatib, keyin qovurish kerakligini yodda tuting. Xuddi shu narsa baliqning ko‘ziga tegishli.

Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling