Kurs ishi bajardi: Ibrohimov Sh. Qabul qildi: Botirov E. Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. O’rta osiyo me’moriy obidalarining turlari va ahamiyati
Download 174.24 Kb.
|
Kurs ishi
Tasavvuf maskanlari Xonaqohlar. Xonaqoh so'zi forscha bo'lib, “xona-uy” ma'nosini anglatadi. Dastlab taqvodor so’fiylar va darveshlar yashaydigan boshpanali hovlili oddiy imoratlar tarzida qurilmog'i, xonaqohda so’fiylarning yashashidan tashqari, maxsus diniy marosim-zikru samo raqsiga qatnashishlari hamda mutasavvufchilikdagi shogird-ustozlik shartlari ham belgilab beriladi. Ustoz so'fiylar, ya'ni shayxlar vafot etgach, o'z xonaqohlari qoshiga dafn etilgan. Natijada shogirdlar va keyinchalik tasavvufga ixlos qo'ygan xalq ommasi tomonidan bunday mashhur ustoz shayxlarning xonaqohlari o'ziga xos ziyoratgohlarga aylantirilgan. Bunday xonaqohlarda so'fiylarning hujralaridan tashqari ziyoratchilar uchun ham maxsus xonalar tashkil etiladi. Termizdagi Hakim at-Termiziy, Miyondagi Abu Sayid va boshqa xonaqoh-ziyoratgohlar shular jumlasidandir. XII asr o'rtalarida so'fiylar birodarligining rivojlanishi va tasavvuf tariqatida turli oqimlarnmg vujudga kelishi bilan xonaqohlarning me'moriy ko'rinishi va vazifalari ham o'zgara boradi. Bu davr xonaqohlari me'moriy jihatdan ancha shakllangan, ichki hovli atrofiga birikkan bir necha hujralar, so'fiylar jamoasining yig'ilish va zukr tushish zali (samo'xona), ustoz so'fiy, ya'ni shayxning o'z muridlariga tasavvuf ilmidan dars berish, yetimlarga Qur'onni o'qitish hamda shayx va muridlarning yashash xonalari, darveshxonalar, chillaxona, ombor va oshxona, matrab (samo vaqtida na't va ilohiy qo’shiq kuylovchilar o'tiradigan joydan tuzilgan. Tojikistonning janubida xarobalari bizgacha saqlangan Xoja Mashad xonaqosining me’moriy tuzilishi bunga misoldir. O’|rta Osiyoda turli davrlarda qurilib bizgacha yetib kelgan xonaqohlar va ular haqidagi yozma manbalar ushbu binolarning o’tmishda xalq ijtimoiy hayotida tutgan o'rni va mavqeini, tarkibiy tuzilishini me'moriy tasnifi va yechimlarining to XVII asrgacha mufassal tarzda takomillashib kelganini ko'rsatadi. Biroq, xonaqohlar arxitekturasi va ijtimoiv vazifalarining rivojlanish cho'qqilari asosan Temuriylar (XIV-XV asrlar) va Shayboniylar (XVI asr) davriga to’g'ri keladi. Temuriylar va keyinchalik Shayboniylar ham tasavvuf so'fiylik) jamoasi faoliyatining nazoratini butkul o'z qo'llariga oladilar va o'zlari ham tasavvuf ahliga xayrixoh holda yangi xonaqohlar quradilar. Buning sababi shulki, tasavvuf ta'limoti 64 o'sha davrlarda va undan oldinroq ham xalq ommasi uchun Islom Sharqi dunyosining ma'naviy-axloqiy mezonlariga, tasavvuf tariqatlarining asoschilari esa xalq orasida katta obro' qozonib piru-ustozlarga aylangan edi. Hujviriyning "Kashful mahjub" asarida xalq orasida keng tarqalgan va mashhur mutasavvufchilar atrofida shakllangan tariqatlar haqida mukammal ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan. Qodiriya tariqati (asoschisi va piri Abduqodir G'i-loniy. 1 160 y.), Yassaviya tariqati (asoschisi va piri Xoja Ahmad Yassaviy). Naqshbandiya tariqati (asoschisi Bahouddin Naqshband, 1389 y.) hamda Xilvatiya, Rifoiya, Mavlaviya, Shozaliya, Sa'diya, Dasukiya, Badaviya, Akbariva, Suxravardiya, Kubroviya, Madyaniya, Chishtiya, Bayramiya va hokazo tariqatiar. Tasavvuf ahli orasidan Abu Ali Ibn Sino, Forobiy singari dunyoga mashhur olimlar; Jaloliddin Rum'iy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiv kabi buyuk shoirlar; Zunnun Al-Misriy, Shoxin Al-Xilvatiy kabi kimyo ilmi bilimdonlari; Imom G'azzoliy, Abdurahmon as-So'fiy, Ibrohim Haqqiy singari falakiyot ilmining buyuk namoyandalari va fan fanning boshqa tarmoqlari bo'yicha qanchadan-qancha mutafakkir olimlar yetishib chiqadi.
Download 174.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling