Kurs ishi bajardi: Ibrohimov Sh. Qabul qildi: Botirov E. Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. O’rta osiyo me’moriy obidalarining turlari va ahamiyati
Download 174.24 Kb.
|
Kurs ishi
Karvonsaroy va tim. Tim va darvozaxonaning bunday yopiq majmuasi ko'rinishida qurilishi Xivaning mahalliy issiq iqlim sharoitidan kelib chiqqan. Issiq va quruq, chang va to'zonli iqlim shaharning eng gavjum joyi hisoblangan bozorni aynan shunday, ya’ ni hajmiy yopiq va berk, immoriy yaxlit uslubda qurilishni taqozo etgan. Olloqulixon karvonsaroyiga tim orqali kiriladi. Timning uzunligi 74 metr, eni 26,5 metr bo'lib, u nafaqat yopiq savdo ko'chasi, balki Ichan qaFani tashqi Dishan qal’a bilan bog'lovchi usti uch qator gumbazlar bilan yopilgan dalon hamdir. Uning o'rtasida katta gumbazli zal miyon saroy bo'lib, undan karvonsaroyga o'tiladi. Tim ichki va tashqi tomondan peshtoq bilan tugallangan. Ushbu majmuaning ichi yozda doimo salqin, qishda esa iliq va yorug' muhitga ega. Polvondarvoza Ichan qal’adagi bozor maydoniga o'tishdagi yopiq savdo ko'chasi (tim) bilan qo'shilib yagona me'mjpriy inajmuani tashkil qilgan. Majmua ichidagi savdo ravoqlari ko'cha tlari bo'ylab qator, joylashgan. O'rtada dalon hamda chetki ravoqlar usti gumbazlar bilan yopilgan. Xiva ob-havosi yozda shunchalik issiqki, hatto bundan ko'cha do’konlari, karvonsaroylar va madrasalarning tashqi devorlari yoki kursilari ichiga tahmon ko'rintahida ishlangan qator va chuqur o'yiq ravoqlik yopiq savdo ayvonlari shaklini olgan. XVI-XVTI asrlarga kelib, Turkiston va Rossiya o'rtasida savvdo aloqalari ancha kuchaydi. Malumki, bu ikki o'lka o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ancha ilgari boshlangan edi. 1464 yili Hirotda temuriy Abusaid tomonidan birinchi rus elchilari qabul qilinadi. Bu savdo aloqalari buyuk jug'rofiy kashfiyotlardan keyingi dastlabki savdo aloqalari ekanligi bilan ham uning ahamiyati har ikki tomon uchu beqiyos edi. XVI asrda Buxoro va Xorazm xonligi Ivan Grozniy bilan elhi almashib, diplornatik va saydo afoqalaririi yo'lga qo'yib yuboradi. Toshkent bekligida chekkaga charmdan ishlangan buyumlar, egarlar, o'qdonlar, chodirlar, choponlar, joynamozlar, elkapo'shlar, kamonlar, qog'ozlar, g'alla chiqarilgan. Turkistonning Rossiya bilan savdo yo'li bu yertian Oltin O’rdaga boradigan- sinovdan o'tgan ishonchli karvon yo'li orqali o’tilardi. Bu yo'l ancha qadimiy yo'l bo'lib, VIII-XIV asrlarda undan xazariylar, abbosiylar, mo'g'ullar, turklar foydalangan edi. Rus sharqshunosi A.Y.Pankovning fikricha, bu yo'ldan ancha qadimdan Ovrupd-Osiyo sahrolarining o'sha vaqtdagi xo'jayinlari skiflar, 15 ulardan keyin xunnlar, avarlar, o'g'uzlar, pecheneglar, polovestlar, turklar foydalangan bo'lishlari mumkin. Savdo inshootlarming tabiiy iqlim sharoitlariga moslashtirilishi O’rta Osiyoning issiq va quruq iqlimi sharoitidagi davomli yoz faslida havoning yuqori harorati va kuchli quyosh radiatsiyasi tufayli insonning soya va salqin muhitga bo’lgan ehtiyoji ortib borafi. Bu holat insonning; kundalik turmush sharoitida ham, ijtimoiy bayotini me'moriy tashkil qilishda ham sezilib turadi. O'rta Osiyo iqlimi bilan bog'liq ushbu qonimiyat fiiqaro me’morchiligi va shaharsozlik yechimlarida ham o'z aksini topgan. Jumladan, u issiq iqlim sharoitida bozor muhitim soya-salqinda tashkil qilish ya shunga mos tarzda savdo inshootlarini shakllantirishni taqozo etgan. Samarqand va Shahrisabzda qurilib saqlangan o'rta asr chosulari, Buxoro va Xivadagi toq va timlar, Samarqandda Amir Temur davrida qurilgan bozor yopiq savdo ko'chasi, ko'hna Urganch, O'sh va O'rta Osiyoning tarixiy shaharlarida qurilgan yopiq bozorlar fikrimizning dalilidir. Xususan, uyi yopiq savdo-hunarmandlar, ko' chasini tashkil qilgan O'sh bozorining uzunligi 800 metr bo'lib, uning usti yog’och ustunlar va to'sinlar ustiga tashlangan qamishlar bilan yopilgan21. Ayrim savdo ko'chalari esa yog'och ustunlar va xarflar ustiga tortilgan qator bo'yralar yoki loy bostirmalar ko'rinishida bo’lgan. XVIII asrda Xo'jandda “Payshanba bozor” deb nomlangan yirik hunarmandchilik markazi shakllanib, har haftaning payshanba kuni bu yerda katta bozor bo'lgan. Bozor shaharning asosiy to’rt gavjum ko'chalari kesishgan cborrahada joylashgan. Chorraha va unga tutash ko'chalarning ayrim qismlari yog'och ustun va to’sinlarga o'raatilgan tekis tomlar bilan yopilgan22.
Download 174.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling