Kurs ishi bajardi: Ibrohimov Sh. Qabul qildi: Botirov E. Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. O’rta osiyo me’moriy obidalarining turlari va ahamiyati
Download 174.24 Kb.
|
Kurs ishi
Hammomlar va obzanlar. O'rta Osiyo xalqining nufuzli an'analaridan biri hammom qurish san’atidir. Harmrjomlarning xizmat doirasi ko'p bo'lib ular o’tmishda dam olish, kuchqudrat va sog'liqni tiklash maskani, tozailik va shifobaxsh muassasa vazifasini bajargan. Kishilar hamomga shifo topish, hordiq chiqarish va turli xil dardlardan forig’ bo'lish maqsadida ham kelganlar. Shu bois hammomlar o’tmishda mashhur allomalar, sayyohlar, elchilar va keng xalq ommasi olqishiga sazovor bo'lgan. Shahar hammomlari bozorlar, karvonsaroylar, jome masjidlari, madrasalar, shahar darvozalari yaqinida, guzarlar qoshida qurilgan. O'zga yiirtlardan horib, uzoq yo'l yurib kelgan savdogar va karvonchi shaharga kirishdan oldin hammomda yuvinib chiqishlari shariatdan hisobiangan. Haminomlar odamlarga doim to'la bo'lib, ularda erkak va ayollar o'zlariga belgilangan kunlarda cho'milishgan. Ba'zida ayollarning alohida hammomlari boigan. Yozishlaricha, qadimgi turklar “charga” (chodir hammom) va sayyor kasalkonalami kashf etib, ularni o'z qo'shinlari bilan 22 birga olib yurishgan. G'arbda, xususan, Vizantiyaliklar esa chodir hammomni turklardan o'rgangan va o'z qo'shinlariga tadbiq etganlar. O'rta Osiyo shaharlari, jumladan, Buyuk Ipak yo'li o'tkan saharlar shifobaxsh hammomlarga juda boy bo'lgan. Tarixchi Narshaxiy X asrdayoq Buxoroda bir nechta hammom bo’lganligidan dalolat beradi. Ular ichida eng mashhuri Darvozai Mansur mahallasidagi “Xon hammomi” hisobiangan. XIX asrga kelib Buxoroda 8 ta bozor, 9 ta guzar hammomlari Xo’jandda guzar hammomlaridan tashqari, 2 ta bozor hammomi ishlab turgan. XIX asr oxirida Samarqand va O'rta Tepaning 7 tadan bozor va guzar hammomi bo'lgan. Shu davrda Toshkentda 5 ta, Qarshida 4 ta hammom ishlab turgan. O'rta Osiyoning qadimiy shahar va qishloqlarida hozir ham tarixiy hammomlar mavjud bo'lib, ulardan xalqimiz nafaqat gigiyenik, balki shifobaxsh va sog'lomlashtirish maqsadlarida ham foydalanib kelmoqda. O’gan davr mobaynida o'nlab va yuzlab yangi hammomlar, banyalar qurildi, ammo milliy sharqona hammomlar azalgidek xalq orasida o'z mavqei va mohiyatini saqlab kelmoqda. Xo’sh nega shunday? Hammomlar shuhratining siri nimada? Bu savollarga javob topish maqsadida, biz O'rta Osiyo shaharlaridagi qator tarixiy hammomlarni, shu jumladan, sobiq davrida (tipovoy) loyihalar asosida qurilgan ko'pgina banyalar ham ko'zdan kechirib, ularning ish jarayonini tekshirdik, hammomlarga tushgan kishilar va xodimlar bilan suhbatlashdik (hammasi bo'lib 100 ga yaqin hammom tahlil qilindu). Izlanishlar shuni ko'rsatdiki loyihalar asosida XX asming 70-llarida qurilgan banyalarda xalqqa maishiy xizmat ko'rsatish va sog’lomlashtirish gigiyenik vazifa zamona talablariga nisbatan sezilarli darajada ma'naviy eskirgan. Ko'zdan kechirilgan banyalarda, asosan, tog'orada yuvinilib, dushga tushiladi va ayrim hammomlarda xususiy obzan (vanna) va dush kabinalari Tipovoy banyalarda shifobaxsh xususiyatli xona bu birgina bug'xona hisoblanib, u ham bo'lsa tekshirilgan hammomlarning deyarli 40% da ishlamaydi. Ishlaydiganlarida esa bug’ hammomining suvni isitib beruvchi umumiy qozonidan truba orqalu yuboriladi. Bunday bug'ning soglomlashtiruvchi ta'siri juda past bo'lib, uning inson tanasi va vujudiga foydasidan ko'ra ziyoni ko'proqdir. Shuning uchun ham vrach-gigienislar hammomda bunday bug'dan foydalanishri tavsiya etmaydi, chunki u juda past haroratli va kishi organizmuga ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Aslida tipovoy banyalarda bug'ni elektr yoki “pech kamenka”lardan olish tavsiya etilgan. Ammo xizmatdagi mavjud “banya”lar 23 odatda, bunday “pechka” lar bilan taminlanmagan, ta'minlanganlarida esa ulardan yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Yuqoridagi sabablarga ko’ra obzani (vanna) yoki dushi bor oilalar ruscha hammomlarga tushishni xush ko'rmaydilar19.
Kuzatilgan tarixiy hammomlarda (sobiq sho'rolar davrida xalq hammomlari ham shunga kiradi) shifobaxsh sog’lomlashtirish vazifasining mazmun va mohiyati butunlay boshqach. Masalan, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent, Xo'jand, Qo'qon, Kattaqo'rg'on, Xiva, Kosonsoy kabi - shaharlardagi tarixiy hammomlarda binoning asosiy xonalari pol osti qizitish quvurlari orqali tarqaluvchi issiq havo yordamida istiladi va natijada nafaqat pol, balki xonalar, ulardagi o'rindiqlar supalar bularaing barchasi issiq holatda saqlanadi. Xalq hammomlarida o'rindiqlar va supalar tosh yoki marmardan ishlangan toshtaxtalar bilan o'shalgan. Toshtaxtalar va xonalardagi qirilmalarning issiqlik qatuvchanligi tufayli xonalardagi havo qiziydi, qizigan pol va supalar tushgan suv esa bug'lanib issiq havoga zarur namlik baxshida etadi. Hammom ichkarisi tomon cho'milish xonalarining issiq namlik darajasi asta sekin o'zgarib havo harorati oshib boradi, shunga mos ravishda xonalaraing vazifalari ham o'zgarib boradi. Bu haqda o'rta osiyolik ulug' tabib Abu-Ali Ibn Sino o'rta asrdayoq shunday yozgan edi: “Birinchi xona sovutadi va ho'llaydi, ikkinchi xona isitadi va qo'llaydi, uchinchisi esa isitadi ira quritadi”. Xonalarning issiqlik namlik hoiati orasidagi bunday farq cho'miluvchilarning o'z mijoz va ta'biga ko'ra hamnom xonalarini tanlashga imkoniyat beradi. Ibn Sino nomlardagi asosiy xonalar haqida yozgan xolos. U o'zining bu fikri bilan o'sha davr hammomlarining tuzilishidagi doimiylikni va xonalar orasidagi zarur aloqadorlikni ko’rsatmoqchi bo'lgan20. Download 174.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling