Kurs ishi mavzu: A. S. Pushkin nomidagi samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi bajardi: 05-20 guruh o’quvchisi Solihova Nazokat. Tekshirdi: Mamtaliyeva G. G’. Samarqand 2023 reja


Download 289.41 Kb.
bet11/21
Sana18.06.2023
Hajmi289.41 Kb.
#1593679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
samarqand kutubxonasi.KURS ISHI

O’lkashunoslik sektori


O‘lkashunoslik sektori axborot-bibliografiya xizmatining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, sektor foydalanuvchilarga nashriy hujjatlar va elektron MB asosida o‘lkashunoslikka ixtisoslashgan ma’lumot-bibliografik va axborot xizmatini ko‘rsatadi.
Sektorning asosiy vazifalari

  • foydalanuvchilarning axborot so‘rovlarini yuqori sifatli kutubxona-bibliografik xizmat orqali bajarish;

  • aholiga o‘lkaga oid milliy, etnik, tabiiy-geografik, madaniy-tarixiy an’analar bo‘yicha bilimlarni taqdim etish;

  • o‘lkaning hozirgi holati va kelgusidagi taraqqiyoti haqida bilim va axborotni taqdim etish;

  • o‘lkaga oid axborot resurslarini, milliy va xorijiy nashrlar fondi (bosma, elektron va boshqalar)ni shakllantirish, saqlash va taqdim etish;

  • o‘z faoliyatini O‘lkashunoslik muzeyi, arxivlar, o‘lkashunoslik muassasalari va tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish. 

Sektorning asosiy funksiyalari

  • sektor fondini to‘kislash, joylashtirish va saqlash ishlarini amalga oshiradi;

  • sektor mahalliy matbuot nashrlari maqolalarining an’anaviy va elektron o‘lkashunoslik kartotekasini va dolzarb mavzularga oid MBni shakllantiradi;

  • sektor foydalanuvchilarga an’anaviy va elektron o‘lkashunoslik kartotekalaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar beradi;

  • o‘lkaga oid bibliografik qo‘llanmalar (bibliografik sharh, eslatmalar, tasiyaviy ro‘yxatlar va boshqalar) tuzadi;

  • foydalanuvchilarni sektor fondi va axborot nashrlari bilan tanishtiradi;

  • foydalanuvchilarning qiziqishlarini va talablarini o‘rganib, axborot resurslarini taqdim etadi;

  • foydalanuvchilarga o‘qish, o‘z ustida ishlash va bilimini oshirish, dam olish jarayonlarida kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha axborot olishda ko‘maklashadi;

  • sektor foydalanuvchilarning o‘lkaga oid ijtimoiy, madaniy talablariga yo‘naltirilgan ommaviy tadbirlar o‘tkazadi;

  • sektor fondidan foydalanish statistikasini yuritish va foydalanuvchilar so‘rovini o‘rganish maqsadida har bir foydalanuvchi so‘rovini belgilangan tartibda hisobga oladi;

  • sektorning perspektiv va joriy ish rejalarini ishlab chiqadi, raqamli va yozma hisobotlarini tayyorlaydi. Ish rejalari va hisobotlari AKM direktori tomonidan tasdiqlanadi;

  • sektor xodimlari AKMda tashkil etiladigan seminar, trening, davra suhbati, konferensiya va boshqa tadbirlarda ishtirok etadilar.

Download 289.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling