Kurs ishi mavzu: Baliqlarda kasallik uyg’otuvchi parazit turlarga ta’rif
KIPRIKLILAR (CILIOPHORA) YOKI INFUZORIYALAR (INFUSORIA) TIPI
Download 71.71 Kb.
|
Iskandarova Sayyora.Kurs Ishi.
2.2. KIPRIKLILAR (CILIOPHORA) YOKI INFUZORIYALAR (INFUSORIA) TIPI. Bu tipi vakillari ko'lmak suvlardan tortib dengiz, okeanlargacha bo'lgan hamma suvlarda va nam tuproqlarda uchraydi.7500 ga yaqin turi bor. Ba'zi turlari esa umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarda parazitlik qiladi. Kiprikli infuzoriyalar sinfidan biri ixtioftirius (Ichthyophthirius multifilus) baliq terisi va jabrasiga kirib, yara hosil qiladi. Bu parazitning yosh individlari baliq terisiga va jabrasiga chuqurroq o'rnashib, faol ovqatlanadi va kattalashadi.
Ichthophthirius multifilusning rivojlanish sikli: 1-ixtioftirius bilan kasallangan baliq; 2-baliq terisidagi voyaga yetgan parazit; 3- baliqni tark etgan parazit; 4-parazitning sista ichida ko'payishi; 5-yosh parazitlarning sistatadan chiqishi. Ma'lum vaqtdan keyin parazit baliq terisidan ajralib suvga chiqadi va sistaga o'raladi. Sistada esa ko'payish boshlanadi. Yadrosining ketma-ket bo'linishi tufayli 2000 tagacha yangi harakatchan yosh parazitlar rivojlanadi. Sistadan tashqariga chiqqan yosh ixtioftiriuslar yana baliqlar terisi va jabrasiga yopishib o'z taraqqiyotini davom ettiradi. Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalarning 90-100 %i nobud bo'ladi. Ixtioftiriuslardan, ayniqsa, zog'ora baliq, gulmohi, do'ngpeshona, oq amur va losossimon baliqlar ko'p zarar ko'radi. Balantidium coli infuzoriyasi: A-faol suzib yurgan shakli; B-bo'yalmagan sistasi; D- bo'yalgan sista; 1-og'iz teshigi; 2-katta yadro (makronukleus); 3-sista qobig'i. Shuningdek, bu sinfga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi Balantidium coli ham kiradi. Uning tanasi loviyasimon bo'lib, odamning yo'g'on ichagi devorida parazitlik qilib, jarohat hosil qiladi va xavfli qonli ichburug' kasalligini vujudga keltiradi. Odamlarga bu parazitlar cho'chqaiar orqali yuqadi. Chunki, balantidiy cho'chqa, sichqcn va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. Cho'chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalanii yutib, balantidiy bilan kasallanadi. Demak, balantidioz bilan ko'pincha cho'chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlash korxonalarida ishlaydigan xodimlar kasallanadi. Download 71.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling