Kurs ishi mavzu: Baliqlarda kasallik uyg’otuvchi parazit turlarga ta’rif


Download 71.71 Kb.
bet5/6
Sana15.11.2023
Hajmi71.71 Kb.
#1774285
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iskandarova Sayyora.Kurs Ishi.

2.4 MONOGENIYALAR (MONOGENEA) SINFI. Bu sinf vakillari fanga qadimdan ma'lum. 1858-yili Van Beneden trematodalar sinfini saqlab qolgan holda, uning tarkibida monogenetik va digenetik so'rg'ichlilar guruhlarini joriy qildi. Keyinchalik, 1863-yili I. Karus ana shu guruhlami kenja sinf darajasiga ko'tardi. Akademik B.Ye. Bixovskiy monogenetik so'rg'ichlilarni chuqur o'rganib, bu guruhga kiruvchi hayvonlar mustaqil sinf ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Monogeniyalar sinfiga 2500 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan baliqlar, amfibi- yalar, reptiliyalar va suvda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Monogeniyalar asosan ektoparazitlardir. Faqat ayrim turlari ikkilamchi marta endo- parazitlikka o'tgan. Bunday turlar amfibiyalar va reptiliyalarning siydik xaltasida, o’pkasida va tashqi organlar bilan tutash bo’lgan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Monogeniyalarning tanasi bo'yiga cho'zilgan, yassi yaproqsimon ko'rinishda bo'lib, kattaligi 0,3 mm dan 2-3 sm gacha boradi. Parazitning katta yoki kichik bo'lishi parazit xo'jayinining gavdasiga bog'liq. Xo'jayinning gavdasi qanchalik katta bo'lsa, parazit ham shuncha yirik bo'ladi. Monogeneyalar tanasining oldingi va oxirgi uchida xo’jayinlari organlariga yopishib turish uchun xizmat qiluvchi maxsus moslamalar mavjud. Ular mustahkam ilmoqchalar, so’rg’ichlar va boshqa shu xil "qurollar" ga ega. Ayrim turlarida bir qism kiprikchalar saqlanib qolgan. Bu esa ularni turbellyariyalar bilan qavmu- qarindosh ekanligidan, aniqrog’i ulardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. Hazm organlari tananing oldingi qismida joylashgan og’iz, tomoq va xaltasimon yoki ikki shoxli uchi berk ichakdan iborat. Boshqa ichki organlari va teri- muskul xaltasining tuzilishi turbellyariyalarnikiga o’xshash. Faqat sezgi organlari parazitizmga o’tishi munosabati tufayli yaxshi rivojlanmagan, ayrim turlarida tanasining oldingi qismida teskari o’girilgan ko’zlari mavjud. Monogeneyalar germafrodit chuvalchanglar bo’lib, to’g’ri yo’l bilan, ya’ni xo’jayin almashtirmasdan rivojlanadi. Otalangan tuxumlaridan kiprikli ikki ko’zli, xo’jayin tanasiga yopishishga xizmat qiluvchi organlarga ega bo’lgan onkomiratsidiya deb ataluvchi lichinka paydo bo’ladi. Unda bosh nerv gangliyalari, protonefridiyalari, hazm organlari ham rivojlangan bo’ladi. Bunday lichinkalar xo’jayin tanasiga yopishib birmuncha o’zgarishlardan so’ng voyaga yetgan parazitga aylanadi. Monogeniyalar vakillarining barcha hayotiy jarayoni bitta xo'jayinda o'tadi, ya'ni hayotiy jarayonida xo'jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo'lmaydi. Odatda ikki individ jinsiy teshiklari tashqariga ochilgan old tomoni bilan bir- biriga yopishadi va spermalarini almashishadi. Monogeniyalarning tuxumlari shar- simon, ovalsimon va ipsimon bo'ladi. Urug'langan tuxum hujayralari suvga chiqa- riladi. Tirik tug'uvchi turlari ham mavjud. Otalangan tuxumninig suvda rivojlanishi natijasida ustki tomonidan kiprikchalar bilan qoplangan cho'ziq gavdali lichinka chiqadi. Lichinka kiprikchalari yordamida suvda harakat qiladi. Lichinka tanasi-ning orqa uchida disk va ilmoqchalar, oldingi uchida esa ko'zlar, bezlar va og'iz joylashgan. Ularda nerv va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Lichinkalarning ke- yingi rivojlanishi xo'jayini organizmida ketadi, ya'ni ular ma'lum vaqt suvda erkin suzib yurib hayot kechirgach, o'z xo'jayini tanasiga yopishadi va kiprikchalarini yo'qotib, jinsiy voyaga yetadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, lichinkalarning voyaga yetish muddati hamma tur monogeniyalarda ham bir xil bo'lmaydi. Masalan, daktilogirus avlodining lichinkalari 7-9 kunda voyaga yetib, tuxum qo'ya boshlaydi. Baqaning siydik pufagida parazitlik qiluvchi baqa ko'p so'rg'ichlisining lichinkalari o'z xo'jayinlariga o'xshab 3 yildan keyin jinsiy voyaga yetadi. Monogeniyalarning ayrim turlari baliqlarda parazitlik qilib, baliqchilikka katta zarar keltiradi. MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina va Belorussiyada baliqchilik xo'jaliklarida, ayniqsa, karpsimon baliqlarda monogeniyalardan daktilogirus urug'ining turlari (Dactylogyrus vastator) ko'p tarqalgan bo'lib, daktilogiroz kasalligini keltirib chiqaradi va bu kasallikdan yosh baliqchalar yoppasiga qirilib ketadi. Daktilogiruslar baliqlarning jabralarida parazitlik qilib, jabraning epiteliya to'qimasini yemiradi. Natijada baliqlarning nafas olishi qiyinlashadi. O'sish va semirishdan to'xtaydi.
Karpsimon baliqlar jabrasi paraziti-Dactylogyrus vastator: A- jinsiy voyaga yetgan chuvaichang; B- lichinkasi: 1-ko'zi, 2-halqumi, 3-ichagi, 4- kopulyativ apparati, 5-tuxunili bacbadon, 6- qin, 7-sariqdoniar, 8-tuxumdon, 9-urug'don, 10-yopishuv diski, yirik, o'rtancha va mayda chetki ilmoqchalari bilan, 11-kiprikchalari, 12-embrional ilmoqchali serkomer.
Bir necha kun ichida ko'plab baliqlar nobud bo'ladi. Dakti- logirusning uzunligi 1-3 mm, ular baliqlar jabrasida parazitlik qiladi va o'sha joyga tuxum qo'yadi. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. Lichinka shu joyda voyaga yetadi. Shuningdek, monogeniyalardan yana bir avlodi - girodaktilusning vakillari (Gyrodactylus elegans) ham baliqlarning xavfli parazitlari hisoblanib, girodaktilyoz kasalligini keltirib chiqaradi (31-rasm). Girodaktilus biologik jahatdan juda qiziq. Ular ham germafrodit bo'lib, bitta urug'doni va tuxumdoni bor, tirik lichinka tug'adi. Shuning uchun parazit bachadonida doimo rivojlanayotgan embrionlari (lichinkalari) bo'ladi, ya'ni voyaga yetgan chuvalchang bachadonida faqat bitta tuxum bo'lib, bundan partenogenetik yo'l bilan bitta embrion hosil bo'ladi. Bu embrion voyaga yetguncha uning ichida ikkinchi embrion, ikkinchi embrionning ichida uchinchisi, uchinchisining ichida esa to'rtinchisi shakllanadi. Bu jarayonning hammasi parazit bachadonida o'tadi. Shunday qilib, girodaktilus tirik bola tug'adi va bunda bitta parazit to'rtta yosh chuvalchangni tug'adi. Girodaktiluslar karp, zog'ora baliq, toban baliq (karas) va boshqa baliqlarning terisi, jabralari va suzgich qanotlariga yopishib parazitlik qiladi. Ular asosan Ukraina, Belorussiya, O'zbekiston, Krasnodar o'lkasida keng tarqalgan bo'lib, yosh baliqlarni ko'plab nobud qiladi. Kasallangan baliqlar terisining rangi o'zgarib dog'lar pay do bo'ladi. Girodaktiluslardan yana bir turi - nitsha (Nitzchia sturiorus) Volga daryosida osyotrsimon baliqlarga katta zarar kelti-radi. Bu parazit sevruga balig'ini iqlimlashtirish jarayonida Orol dengiziga ham kelib qolgan va mahalliy osyotrsimon baliqlarda (baqra balig'ida) parazitlik qilishga o'tgan. Agar davolash choralari ko'rilmasa, kasallaagan yosh baliqlarning 90-95 % qirilib ketadi. Shuning uchun ham baliqlar bahor va kuz oylarida 5%li osh tuzi eritmasidan tayyorlan-gan suvda cho'miltiriladi. Oqmaydigan hovuzlarning suvini 10-14 kun ichida chiqarib tashlab, hovuz quritiladi va qaytadan suv bilan to'ldirilib, keyin baliqlar boqiladi. Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi. Shulardan biri baqa ko'p so'rg'ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi. Bu parazit voyaga yetganida, baqaning qovug'ida so'rg'ichlari va ilmoqchalari yor-damida yopishib olib yashaydi. Bahorda baqalar tuxum qo'yayotgan paytda baqa ko'p so'rg'ichlisi ham baqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqariga chiqib, suvga o'zining urug'langan tuxumlarini tashlaydi.
Parazit tuxumidan suvga kipriklar bilan qoplangan, ko'zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta mayda ilmoqchali diski bo'lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2 kun suvda suzib yurganidan so'ng, baqa tuxumidan chiqqan itbaliqlarning jabralariga ilmoqchalari bilan yopishib oladi va kipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so'rg'ich va 2 ta yirik il- moqcha hosil qilib, jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo'ya boshlaydi. Agar lichinka itbaliqda voyaga yetmasa, o'sha itbaliq baqaga aylanishi bilan uning siydik pufagiga ko'chadi va shu yerda jinsiy voyaga yetib ko'payadi, ya'ni itbaliqning baqaga aylanish vaqtida uning jabrasi bekilib ketadi va o'pkaga aylanadi. Bu paytda lichinka ichakka va bu joy dan kloaka orqali siydik pufagiga ko'chib o'tadi. Parazit lichinkasi bu vaqtda ko'p so'rg'ichliga aylanadi. U o'sadi va uchinchi yili jinsiy voyaga yetadi. Demak, baqa ko'p so'rg'ichlisining hayot sikli xo'jayini - baqaning hayot sikli bilan bog'liq, ya'ni baqa ko'p so'rg'ichlisi baqa singari uchinchi yoshida jinsiy voyaga yetadi.
Baliqlar jabrasi paraziti-Gyrodactylus elegans: 1- og'iz teshigi, 2-bezlari, 3-kopulyativ organi, 4-ichagi, 5-to'rtta avlod embrionlari, 6-tuxum, 7-tuxumdon, 8-urug'don, 9-yopishuv diskining asosiy ilmoqlari, 10-yopishuv diskining chetki ilmoqlari.



  1. Xulosa.

Shuni xulosa qilish mumkinki, XX asrning boshlarigacha parazitologiya sohasida aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy maktablar deyarli yo‘q edi. Ammo keyinchalik K. I. Skryabin, V. L. Yakimov, Y. N. Pavlovskiy va V. A Dogel faoliyatlari tufayli parazi- tologiya tez sur’atda rivojlana boshladi. K.I. Skryabin (1878–1972) gelmint- larning 200 dan ortiq yangi turini topdi va 100 xil avlodini tavsiab ber- di. U chop ettirgan ilmiy ishlari soni 700 tadan oshadi. Ular ichida ko‘plab tomlardan iborat bo‘lgan yirik asarlari «Tremato dologiya asoslari», «Sestod- ologiya asos lari» va «Nematodologiya asoslari» soha bo‘yicha jahon fanining rivojiga qo‘shgan ulkan hissadir. Akademik K.I. Skryabin O‘zbeki- stonda ham gelmintologiya va paraz- itologiya fanlarining rivojlanishga ulkan hissa qo‘shgan. Uning boshchiligida O‘zbekis ton hudu- dida 5, 21 va 36 ittifoq gelmintologiya ekspeditsiyalari ish olib borgan. Respublikamizda bir qancha ilmiy markazlarn- ing ochi lishida K.I. Skryabinning xizmati katta. U ko‘plab shogirdlar yetishtirib chiqargan: N. P. Zaxar ov, I. M. Isaychi- kov, B.G. Massino, N.P. Popov, A.M. Petrov, V. P. Baskakova, R.S. Shuls, V.S. Ershov, Y.E. Shumakovich, V.G. Gagarin, I.V. Orlov, M. A. Sultanov, S.N. Bobojonov, A.T. To‘laganov, N.M. Matchanov, V.M. Sodiqov, E.X. Ergashev, J.A. Azimov va boshqalar.


Download 71.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling