Kurs ishi mavzu: “boshlang‘ich sinfda ikkinchi darajali bo‘laklar mavzusini o‘rganish”


Download 104.77 Kb.
bet15/16
Sana19.12.2022
Hajmi104.77 Kb.
#1032915
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ПЕЧАТЬ КУРСАВОЙ

2.2 Hol va uning ifodalanishi.
Ish-harakatning qaytarzda bajarilishini, sabab yoki maqsadini, uning bajariishi bilan bog‘liq bolgan o’rin va paytni bildiruvchi gap bo’lagi hol deyiladi. Hollar qanday?, qanday qilib?. Qaytarzda? Qachon?, qachongacha?, qaerda?, qayerdan?, qancha?, nima maqsadda? Kabi so’roqlaridan biriga javob beradi. Hol ravish, ravishdosh, jo’nalish, chiqish, o’rin kelishigidagi ot yoki ko’makchili ishlatilgan ot bilan, shuningdek, taqlid so’z, son bilan ifodalanadi. Ravish asosan, hol vazifasida keluvchi so’z turkumidir. Gapda asosan hol vazifasida qo’llanish ravishdosh uchun ham xosdir. Masalan: G‘ulomjon qishloqda bo’lgan voqealarni oqizmay-tomizmay so’zlab berdi. (M.I). Ot jo’nalish, chiqish, o’rin kelishigida kelib yoki ko’makchi bilan ishlatilib, gapda hol bo’lib keladi. Bunda o’rin, payt, sabab, maqsad, miqdor kabi ma’nolar ifodalanadi. Masalan: Mashina kichik kocha bilan adir tomonga jo’nadi. (I.R). Botir endi ikki quloq bo’lgan g‘o’zalar orasidan borar edi. (S.N). Harakat nomi hol bo’lib kelganda, u ham ot kabi shakillanadi.Masalan: Jamoa boshqaruvi raisi brigadalarga yana besh sentiner oshirmoq uchun shart qo’ydi.Hol taqlid so’z bilan ham ifodalanishi mumkin: Xayot piq-piq yig‘lar, elkalari dir-dir titrar edi. (M.I).Son hol vazifasida kelganda, kopincha, marta, karra so’zlari bilan ishlatiladi. Hol hamma vaqt ham kesimga bog‘lanavermaydi, u gapning boshqa bo’lagiga bog‘lanishi ham mumkin. Masalan: Uzoqda qop-qorayib turgan tog‘ning usti ko’rindi. (A.K).
Hollar ma’nolarga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi:
1. Ravish holi.
2. O‘rin holi.
3. Payt holi.
4. Sabab holi.
5. Maqsad holi.
6. Miqdor daraja holi.
Ravish holi Ish – harakatning qay tarzda bajarilishini yoki qanday bo’lishini bildiradi. Ravish holi ish – harakatning qanday bajarilishini bildirib kelganda, qanday? Qanday qilib? So’roqlarining biriga javob bo’ladi.
O‘rin holi harakat bo’lishidagi eng so’nggi chegarani ifoda qilib, -gacha, -ga,-qadar, -ga dovur kabi formada kelishi mumkin: Sayohatchilar Hamzaobodga qadar mashina bilan borishdi. 3. Harakatning boshlanish o’rnini ifoda qilib, qaerdan so’rog‘iga javob bo’ladi. Bu hol chiqish kelishigidagi so’z bilan shuingdek, ko’makchili ishlatilgan so’z bilan ifodalanadi: qirdan g‘ir- g‘ir shabada esadi.
Payt holi.Ish-harakatning bajarilish payitini, uning chegarasini bildirib, qachon? Qachongacha?, qachondan beri?, kabi so’roqlaridan biriga javob bo’ladi. Payt holi payt ravishi bilan, o’rin, chiqish, jo’nalish kelishigidagi so’z bilan, o’makchi ishlatilgan so’z bilan, birikma bilan ifodalanadi.
Sabab holi.Ish harakatning bajarilish sababini bildirib, nimaga? Nima sababli?, so’roqlaridan biriga javob bo’ladi. Sabab holi vazifasidagi so’z kopincha uchun, sababli, tufayli kabi ko’makchilar bilan keladi. Masalan: Komiljon nazariy jihatdan kuchli bo’lganligi uchun ko’pincha Zunonov bilan baxlashib turdi. (I.R). Sabab holi chiqish kelishigidagi so’z bilan ham ifodalanadi. Masalan: Elmurod xursandchiligidan tez-tez qadam bosib ilgari yurib ketdi. (P.T).
Maqsad holi.Ish harakatning bajarilishidagi maqsadni bildirib, nima uchun?, nimaga? Nima maqsadda?, kabi so’roqlarning biriga javob bo’ladi. Masalan: Nozimbek qishloq ahli turmash-tarzini tekshirish uchun yo’lga chiqdi. Maqsad holi jo’nalish kelishigidagi so’z bilan, maqsad ravishdoshi bilan ham ifodalanadi.

Download 104.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling