Kayfiyat - zaif yoki o'rtacha kuchga ega bo'lgan va odatda ancha barqaror emotsional holat. Odamdagi biror kayfiyat bir necha kun, bir necha hafta, bir necha oy va undan ortiq vaqt davom etishi mumkin. Quvnoq kayfiyat, ma’yus kayfiyat, g‘amgin kayfiyat, g‘azabli kayfiyat va shu kabi yaxshi yoki yomon kayfiyatlar bo'lib turishi hantmaga ma’lum. Odamda turli kayfiyat turlicha sabablar tufayli tug'iladi. Odamning shaxsiy va ijtimoiy hayotida sodir bo'lgan biror voqea mana shu xildagi kayfiyatning tug'ilishiga sabab bo'lishi mumkin. Odamning barcha ruhiy jarayonlarida va faoliyatida kayfiyat katta rol o'vnaydi. Tasavvurlar va ftkrlarning o'tishidagi tezlikka, shuningdek, tasavvur va fikrlarning mazmuniga hamda yo'nalishiga kayfiyat ta’sir qiladi. Kayfiyat ikki xil: ijobiy va salbiy bo'ladi. Ijobiy kayfiyat kishilarda muvaffaqiyat, ko'tarinki ruh, xushchaqchaqlik, sevinch bag'ishlasa, salbiy kayfiyat g'amginlikka, ma'yuslikka, bo'shashishlikka sabab bo'ladi. Odantzod onglidir, binobarin, u salbiy kayfiyat bilan kurashmog'i, ma’yuslikka, bo'shashishlikka, sababsiz tajanglikka berilmasligi lozim. Odamning o'zida va boshqa kishilarda bardamlik, xursandchilik, xushchaqchaqlik kayfiyatini tug'dira bilishi uning eng yaxshi xislatidir. Ayniqsa, bu xislat tibbiyot xodimlarida yuqori darajada rivojlangan bo'lishi kerak.
Asosiy emotsiyalar
Ijobiy emotsiyalar
Mamnunlik 13. Rahm qilish
Quvonch 14. Minnatdorchilik
Shodlik 15. Yoqimlilik
Zavq-shavq 16. Mag’rurlik
Dadillik 17. Rohat
G’urulanish 18. O’ch olishdan qoniqish
Ishonch 19. Tinch vijdon
Xayrixohlik 20. Yengillik tuyg’usi
Sevgi(jinsiy) 21. O’zidan mamnunlik
Hayratlanish 22. Xavfsizlik tuyg’usi
Muhabbat 23. Oldindan lazzatlanish
Hurmat
Neytral emotsiyalar
Qiziquvchanlik 4. Ajablanish
Taajjublanish 5. Xayolchanlik
Befarqlik
Do'stlaringiz bilan baham: |